Past chastotalarning yangrash balandligi o‘rta chastotalarnikidek qolishi uchun tovush uzatish
traktining past chastotalardagi sezgirligi chastota tavsifini korreksiyalash kerak (100 Gs da
17÷20 dB ga ko‘tarish kerak). Radio qabulqilgichlarda kuchaytirish koeffitsienti kamaysa past
chastotalarda ularning kuchayishi avtomatik ravishda korreksiyalanadi.
Yuqori sathli shovqin balandligini o‘lchaganda shovqin o‘lchovchi asbob (shumomer)ning
sezgirligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, bu tovush balandligini sub’ektiv eshitishga mos
keladi. Past chastota tovush balandligini o‘lchaganda esa, shovqin o‘lchagichning ko‘rsatkichi
eshitish a’zoimizning past chastotalardagi sezgirligi o‘rta chastotalardagi sezgirligiga nisbatan
pastroqligi inobatga olingandagina sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shovqin
o‘lchagichlarda tovush balandligini past chastotalarda o‘lchaganda kuchaytirish koeffitsienti
pasaytirilib korreksiya kiritiladi. Masalan, 30 fonlik tovush balandligi o‘lchanayapti, bunda 100
Gs chastotada 1000 Gs chastotadagiga nisbatan tovush balandligi sathining pasayishi taxminan
30 dB bo‘lishi kerak
Tovush balandligi sathi tovushni sub’ektiv eshitishni xarakterlasa ham haqiqiy sub’ektiv
eshitish masshtabiga mos emas. Masalan, tovush balandligini 40 fondan yuqori diapazonda 10
fonga oshirish, tovush balandligi sub’ektiv sezgirligini ikki barobar oshishiga teng. Fon, tovush
balandligining o‘lchov birligi sifatida noqulayligi shundaki masalan, ikkita har xil chastotali
sinusoidal signallarning tovush balandligini bilgan holda ularni oddiygina qo‘shib ikki tonalli
signalning tovush balandligini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun tovush balandligi S
o‘lchov birligi sifatida - son kiritilgan. S=1 son 1000 Gs chastotada qiymati 40 dB bo‘lgan
sinusoidal tovush bosimiga mos keladi.