Eshitish va og‘riq bo‘sag‘asi?




Download 221,56 Kb.
bet21/57
Sana22.02.2024
Hajmi221,56 Kb.
#160941
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
1. Musiqa akustikasi -fayllar.org

34. Eshitish va og‘riq bo‘sag‘asi? 
Agarda asosiy membrananing tolasi tebranayotganida yonidagi tukli katakchaga tegmasa, unda
odam tovushni eshitmaydi. Tolaning tebranish amplitudasi oshganda yonidagi tukli katakchaga
tekkan zahoti nerv tolalari qo‘zg‘alib bosh miya eshitish markaziga elektr impulslarini
yuboradi, natijada, tovush eshitiladi.
Mutloq tinchlikda 1000 Gs chastotali tovush eshitilishi uchun odam qulog‘i yaqinidagi bosim
amplitudasi 2,84.10-5 N/m2 (effektiv qiymati
2.10-5 N/m2) bo‘lishi kerak. Bu qiymat atmosfera bosimining 2.10-5 ni tashkil etadi. Bu holda,
yassi to‘lqin jadalligi 10-12 Vt/m2 ga teng. Shunisi qiziqki, havo zarrachalarining siljish
amplitudasi molekula radiusining o‘ndan bir bo‘lagidan kam. Quloq pardasiga ta’sir qilayotgan
fluktuatsiyalarning tasodifiy issiqlik molekular harakati bilan bog‘liq bo‘lgan bosim kuchining
o‘zgarishi, mutloq tinchlikdagi tovush bosimidan bor - yo‘g‘i 5÷10 marta kichik. Xalaqit
beruvchi shovqin va boshqa tovushlar yo‘qligida bazo‘r eshitiladigan tovush bosimi qiymati,
bo‘sag‘a qiymati, yoki bazo‘r eshitilib eshitilmas qiymati eshitilish bo‘sag‘asi deb ataladi.
Tadqiqotchilar eshitilish bo‘sag‘asini aniqlash ustida talaygina ishlar olib bordilar. Natijada,
shu narsa aniqlandiki, eshitilish bo‘sag‘asi turli odamlarda turlicha. Bu farqning o‘zgarishi bir
xil yoshdagi eshitish a’zosi sog‘lom odamlar uchun tasodifiydir. Odam eshitish bo‘sag‘asi bir
vaqtning o‘zida, eshitish sharoiti, charchoqligi, hayajonlanishi hisobiga ham o‘zgarishi
mumkin. Shuning uchun ishonchli eshitilish bo‘sag‘asi haqidagi ma’lumotlarni faqat statistik,
ya’ni ma’lum sharoitlarda ko‘pchilik odamlarda o‘lchash bilan aniqlash mumkin.
Bunday statistik tadqiqotlar AQSh da (1938—1939 y.y), Angliyada (1956—1957 y.y), sobiq
SSSR da (1958 y) olib borilgan. Xalqaro kelishuvga asosan eshitish bo‘sag‘asining standarti
sifatida 1.5-rasmda keltirilgan sof sinusoidal signalning chastotaga bog‘liqlik egri chizig‘i qabul
qilingan.
Tekshirishlar 18 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan eshitish a’zosi sog‘lom odamlar bilan olib
borilgan.
Eshitish bo‘sag‘asi chastotaga bog‘liq.Tovushlar 2000 Gs ÷ 4000 Gs gacha bo‘lgan diapazonda
tovush bosimi 2.10-5 Pa va undan kam bo‘lgan qiymatlarda seziladi. Shu bilan birga past va
yuqori chastotalarda eshitish bo‘sag‘asi sezilarli oshadi.
Biz tovush jadalligini 20.000 Gs dan yuqorisiga qanchalik oshirmaylik tovush hissiyoti paydo
bo‘lmaydi, bu ko‘pchilik odamlar uchun eshitish chegarasidan yuqori. Xuddi shunday holat
tovush chastotalari 16÷20 Gs dan past bo‘lganda ham kuzatiladi.
Agarda, eshitilayotgan tovush chastotasini sekin - asta oshira borsak, tovush balandligi
oshayotgandek tuyuladi. Tovush bosimining keyingi qiymatida quloqda og‘riq sezila
boshlanadi. Og‘riq sezila boshlangan tovush bosimi, og‘riq sezish bo‘sag‘asi deb ataladi. Og‘riq
sezish bo‘sag‘asining chastotaga bog‘liqlik egri chizig‘i, eshitilish bo‘sag‘asi egri chizig‘iga
nisbatan, bir muncha tekisroq.



Ayrim o‘quv qo‘llanma va so‘rovnomalarda eshitish bo‘sag‘asi absolyut va chastotaga


bog‘liqlikning turli qiymatlari berilgan. Bu farq eshitish bo‘sag‘asini o‘lchashnint turli
usullaridan foydalanganligi natijasidir. Masalan, o‘lchashlar bir quloq bilan yoki ikki quloq
bilan eshitish uchun olib borilgan bo‘lishi mumkin. Undan tashqari shunday eshitish
bo‘sag‘alari mavjudki, ayrimlari quloq chanog‘i yonginasida (telefon) aniqlanadi, boshqalari
esa, tovush to‘lqinlari frontal tushib xonadagi to‘siqlardan bir necha bor qaytishi natijasida
aniqlanadi.
Tovush eshitishning yuqori chegarasi (katta sathlar tomonidan) chastota o‘zgarishiga kamroq
bog‘liq, eshitish bo‘sag‘asining katta sathli qiymatlari 1.1 jadvalda keltirilgan. Yuqori va past
eshitish bo‘sag‘alarini solishtirib aytish mumkinki, o‘rta chastotalarda normal eshitish dinamik
diapazoni 120÷130 dB tashkil etadi.

Download 221,56 Kb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Download 221,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Eshitish va og‘riq bo‘sag‘asi?

Download 221,56 Kb.