Chastota bo‘yicha eshitish?




Download 221,56 Kb.
bet20/57
Sana22.02.2024
Hajmi221,56 Kb.
#160941
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57
Bog'liq
1. Musiqa akustikasi -fayllar.org

33. Chastota bo‘yicha eshitish? 
Chastota bo‘yicha eshitish?
Eshitish a’zosining chastota diapazoni chegarasi 16÷20000 Gs ni tashkil etadi.
Bizda eshitish tahlillagichning chastota tanlovchanligi katta qiziqish uyg‘otadi, chunki
elektroakustik apparaturalarga bo‘lgan talab bu parametrga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Odam eshitish a’zosining tanlovchanlik xususiyatini qiymatli baholashda, asosiy xususiyati
bo‘lmish tovush balandligi tushunchasidan foydalanamiz. Bu xususiyat atrof muhitdagi
tovushlarni aynan tenglashtirish va klassifikatsiyalashda katta ahamiyatga ega, eshitish
qobiliyatining bunday xususiyati musiqali intonatsiya nuqtai nazari, ya’ni, ohanglar va
garmoniyalar asosida yotadi. ANSI-994 Xalqaro standarti bo‘yicha «Balandlik (Ritch) - bu
tovush eshitishning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, unda tovushlarni chastota shkalasi bo‘yicha
pastdan yuqoriga joylashtirish mumkin. Tovush balandligi asosan uning rag‘batlantirish
chastotasiga , shunindek tovush bosimi va to‘lqin shakliga ham bog‘liq».
Umumiy holda havo zarrachalarining tovush tebranishi murakkab xarakterga ega. Ularning
paydo bo‘lishi va yo‘qolishi vaqt bo‘yicha rivojlanadi va o‘zida qandaydir vaqt funksiyasini α
(t) ifodalaydi (1.3a-rasm)
Oddiy tebranish jarayoni sinusoida ko‘rinishida bo‘ladi. Uni quyidagi vaqt funksiyasi bilan
ifodalash mumkin: α (t) = αmax sinωt, bunda αmax – tebranish amplitudasi; ω – burchak
chastota (ω = 2πƒ); ƒ-tebranish chastotasi. Vaqt bo‘yicha tovushning bunday o‘zgarishi ton deb
ataladi.
Shunday qilib, ton balandligi tovush signallarining chiziqli klassifikatsiyasi bo‘lib, ko‘p-kam
deb atash mumkin bo‘lgan tovush balandligidan farqlanadi, demak bu nisbiy klassifikatsiya.
Ton balandligining o‘lchov birligi-mel. Bir mel 1000 Gs sath bo‘yicha seziladigan tovush
balandligining 40 dB teng. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu bog‘lanish chiziqli emas - masalan,
chastota uch marta (1000 dan 3000 Gs gacha), oshganda tovush balandligi faqat ikki martaga
(1000 dan 2000 mel gacha) oshadi. Nochiziqli bog‘liqlik past va yuqori chastotalarda yaqqol
ko‘zga tashlanadi.
Chastota diapazonining o‘rta qismida ton balandligining melda o‘zgarishi chastota logarifmiga
proporsional.
Tovush tinglanganda ton balandligi oraliqlari intervallar yoki musiqa intervallari deb ataladi.
Eshitish a’zosi uchun qabul qilingan oddiy intervallar quyidagilar:
unison (ohangdoshlik) – 1:1 (ikkita bir xil chastotali tovush);
oktava-1:2;
kvinta-2:3;
kvarta-3:4;
katta tersiya – 4:5;
kichik tersiya – 5:6 yoki 6: 7;



katta sekunda (ton) – 7:8 yoki 8:9;


kichik sekunda (yarim ton) -15:16;
Intervallarning musiqaviy xususiyatlari musiqa nazariyasining asosi hisoblanadi.
Odam eshitishi mumkin bo‘lgan tovush tebranishlari chastotasi taxminan sekundiga 16
tebranishdan iborat. Tovushning bundan kichik chastota tebranishlarini biz eshitmaymiz. Bu
odam eshitish a’zosining pastki chegarasi. Eshitishning yuqori chegarasi esa sekundiga
taxminan 20000 tebranishni tashkil etadi.
Chastotasi sekundiga 16 dan 20000 gacha bo‘lgan chastotali tebranishlar tovush deb ataladi.
Ammo bundan tebranishlar chastotasi sekin-asta o‘zgarib tovush chastotasi chegarasidan
chiqqanda tovush butunlay eshitilmaydi degani emas. Chastotaning pastki va yuqori
chegaralariga yaqinlashgan sari tovush asta-sekin pasayib, butunlay eshitilmaydi. Har qanday
tovush tebranishlarini biz eshitavermaymiz. Energiyasi juda kichik tebranishlarni qabul
qilamiz, ammo tovushni eshitmaymiz.Tovush manbai energiyasini sekin-asta oshirsak,
qandaydar qiymatga yetganda juda past tovush eshita boshlaymiz.
Bunday holda tovush energiyasi eshitilish bo‘sag‘asiga yetdi deyiladi.
Eshitilish bo‘sag‘asi barcha odamlar uchun bir xil emas. Ammo eshitish a’zosi sog‘lom bo‘lgan
odamlarda eshitilish bo‘sag‘asining u yoki bu tomonga o‘rtacha og‘ishi unchalik katta emas.
Sof ton balandligini sezish faqat chastotaga bog‘liq bo‘libgina qolmay, tovush jadalligiga va
uning davomiyligiga ham bog‘liq.
Qisqa tovushlar kuruq chertmadek eshitiladi, ammo tovush uzaytirilgan sari chertma ton
balandligi hissini bera boshlaydi, Chertmadan tonga o‘tish vaqti chastotaga bog‘liq: past
chastotalarda ton balandligini aniqlash uchun impuls davomiyligi taxminan 60 ms: 1 kGs dan 2
kGs gacha bo‘lgan chastotalarda 15 ms ni tashkil etadi. Murakkab tovushlar uchun bu vaqt ortib
boradi, nutq tovushlari uchun esa, bu ko‘rsatgich 20-30 ms ga teng.
Ta’kidlash zarurki, eshitish a’zosining keltirilgan yuqori chastota tanlovchanlik ma’lumotlari
sof tonlarni qabul etish hollariga mos. Haqiqatda esa, sof tonlar juda kam uchraydi. Shuning
uchun murakkab tovushlar ta’sir etganda inson butun chastota diapazonida 250 ga yaqin
gradatsiyani aniqlay oladi, bu gradatsiyalar tovush jadalligi kamayishi bilan qisqarib, 150 ga
yaqinlashadi. Shunday qilib, qo‘shni gradatsiyalar o‘rtacha bir-biridan chastota bo‘yicha 4% ga
farq qiladi. Shuning uchun sekundiga 24 kadrli kino-filmlarni televidenieda sekundiga 25 kadr
bilan namoyish etish mumkin. Bu holda absolyut eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan musiqachilar
ham ovozdagi farqni anglay olmaydilar, chunki, tebranishlar chastotasi farqi 4% dan oshmaydi.
Bu farq sekundiga ikkita kadrni tashkil etsagina ovozdagi farqni anglay oladilar.
Keng polosali spektrga ega bo‘lgan tovushlar, masalan shovqinlar eshitish a’zosi asosiy
membranasining barcha tolalarini qo‘zg‘atadi. Eshitish a’zosining kuchsiz tanlovchanligi
hisobiga eshitishning har bir kritik polosasida spektr integratsiyalanadi, eshitish a’zosi uzluksiz
spektrni diskretlaydi, ya’ni u shovqin chastota spektriga teng kritik polosalar soniga aylantiradi.
Eshitiladigan chastota diapazoni bo‘yicha tovushni sub’ektiv baholash uchun tovush balandligi
tushunchasi kiritilgan. Eshitishning kritik polosasi kengligi o‘rta va yuqori chastotalarda
taxminan chastotaga proporsional bo‘lganligi uchun, eshitishning chastota bo‘yicha sub’ektiv
masshtabi logarifmik qonunga yaqinroq. Shuning uchun tovush balandligining ob’ektiv birligi
sifatida sub’ektiv eshitishni taxminiy aks ettiradigan chastotalarning ikki karralik nisbati -
oktava qabul qilingan (1; 2; 4; 8; 16 va h.k). Oktavalarni bo‘laklarga bo‘ladilar: yarim oktava,
uchdan bir oktava. Uchdan bir oktava uchun ularning quyidagi chegara chastotalari
standartlashtirilgan: 1; 1,25; 1,6; 2; 2,5; 3,15; 4; 5; 6,3; 8; 10. Agarda, bu chastotalarni chastota



o‘qida bir-biridan bir xil masofada joylashtirilsa, logarifmik masshtab hosil bo‘ladi. Shulardan


kelib chiqqan holda, barcha o‘lchovlarni sub’ektiv masshtabga yaqinlashtirish maqsadida,
tovush uzatish qurilmalarining chastota tavsiflari logarifmik masshtabda chiziladi. Tovushlarni
chastota bo‘yicha eshitish hissiga mos bo‘lishi maqsadida, eshitish tavsiflari uchun alohida
sub’ektiv-1000 Gs chastotagacha deyarli chiziqli masshtab va undan yuqori chastotalar uchun
logarifmik masshtab qabul qilingan. Tovush balandligining o‘lchov birligi sifatida «mel» va
«bark» (100 mel = 1 bark) qabul qilingan. Umumiy holda murakkab tovush balandligini aniq
hisoblab bo‘lmaydi.

Download 221,56 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   57




Download 221,56 Kb.