|
1. Musiqa akustikasi?
|
bet | 45/57 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 221,56 Kb. | | #160941 |
Bog'liq 1. Musiqa akustikasi -fayllar.org68. Akustik materiallar?
Akustika materiallari – tovush yutuvchi va qaytaruvchi materi-allar. Akustika materiallarining
tovush yutuvchanligi ulardagi gʻovaklarning yirik-maydali-giga va tutash-tutashmasligiga
bogʻliq. Gʻovak betonlar, koʻp qatlamli gips tax-talar, akustik suvoq (gʻovak toʻldirgich va
bogʻlovchi asosida tayyorlangan qorishma), mineral paxta va undan ishlangan na-mat, yogʻoch
qipigʻidan va asbest-kartondan tayyorlangan taxtalar, qamish va somon taxtalar Akustika
materiallari hisoblanadi. Bu mate-riallar sukunat talab etiladigan xona devorlariga va sanoat
uskunalari tagiga qoʻyishda ishlatiladi.
69. Mikrofon tushunchasi va tarixi?
«Mikrofon» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib, mikros — kichkina, phone — ovoz ma’nosini
anglatadi. Mikrofonlarning asosiv vazifasi ovoz tebranishini elektr toki tebranishiga aylantirib
berishdan iborat. Mikrofonlar tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, «mikrofon» nomi 1827-yilda
buyuk britaniyalik ixtirochi Charlz Uitstoun tomonidan taklif etilgan. Ammo u hozirgi
mikrofonlar turkumiga mutlaqo bog‘liq emas. Undan so‘ng 1876-yilda ovoz to‘lqinlari
harakatini saqlab turuvchi suyuq uzatuvchi moslama kashf qilindi. 1877-yil 4-martda
amerikalik Emil Berliner birinchi bo‘lib ko‘mirli mikrofon namunasini yaratdi. Eng
ommalashgan ko‘mirli mikrofonlar turkumi Entoni Uayt (1890) tomonidan ixtiro qilindi. Uning
ixtirosidan yaqin
kunlargacha telefon trubkalaridagi mikrofon sifatida foydalanilgan. Buning uchun muayyan
elektr toki shart bo‘lmagan. Birinchi tasmali mikrofon 1942-yilda ixtiro etildi. Amerika ovoz
kompaniyalarining birida yaratilgan ushbu mikrofon faqat studiyalarda ishlatilar edi. Chunki
uning og‘irligi 3,5 kg ni tashkil etgan. Hozirgi kunda esa, asosan, kondensatorli va dinamik
mikrofonlar ishlatilmoqda. Ko‘mirli mikrofon. Ko‘mirli mikrofon 1877-yil Emil Berliner
tomonidan ixtiro etilgan va Devid Hyuz tomonidan takomillashtirilgan.
|
| |