• 1-MUSTAQIL ISHI Fan o’qituvchisi: Toshniyozov F Bajardi: Abdug’aniyev N Guruh: 21-15
  • Mavzu: HTML hujjat tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, teg attributlari. HTMLda rasm va jadvallar bilan ishlash teglari. Havolalar va ro‘yxatlar
  • Nazariy qism
  • 1-mustaqil-ish-nodir pdf




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.65 Mb.
    #58627
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1-mustaqil-ish-nodir
    O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta – maxsus ta’lim vazirligi, Mustaqil ish-1 (1), 1254610, talaba-varaqasi-394201100227, 4-mavzu Akslantirishlar. In’yektivlik, syur’yektivlik, biyektiv -fayllar.org, Presentation4 pedagogika (1), 6-amaliy ish1.1, 1-4 labaratoriyalar, 6-var, 2-laboratoriya ishi, 6.Algoritmning-asosiy-turlari, 5-amaliy ish 1.1, 4, 8-varianyt


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    “KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
    “AXBOROT TALIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
    “WEB DASTURLASHGA KIRISH” FANIDAN

    1-MUSTAQIL ISHI
     
    Fan o’qituvchisi: Toshniyozov F
    Bajardi: Abdug’aniyev N 
    Guruh: 21-15


    Samarqand – 2023


    1-mustaqil ish
    Mavzu: HTML hujjat tuzilishi. HTML ning asosiy teglari, teg attributlari.
    HTMLda rasm va jadvallar bilan ishlash teglari. Havolalar va ro‘yxatlar
    bilan ishlash teglari. HTML formalar bilan ishlash.
    HTML5 da yangi teglar. HTML5 da audio, video va grafika bilan ishlash
    teglari. 
    Ishning maqsadi: talabalarga web dasturlash haqida ma’lumot berish, 
    HTML tilida web ilovalar yaratishni o’rgatish.
    Nazariy qism:
    Internet - sayyoramiz miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining
    birlashmasidir. Agar kosmik stansiya a’zolarining E-mail dan foydalanishini
    inobatga olsak internetning sayyoramiz sarhadlaridan chiqqanini ham ko’rishimiz
    mumkin. 
    Butun dunyo o’rgimchak to’ri WWW (World Wide Web) - bu ko’p sonli
    o’zaro bir-biriga bog’langan hujjatlardir. Web sahifada boshqa Web sahifalar bilan
    bog’lovchi chekli gipermurojat bo’ladi. Gipermurojat mexanizmini bir necha so’z
    bilan izohlash qiyin, lekin kamida bir marta Web sahifaga kirib ishlagan odam
    buni darhol tushunadi.
    Gipermurojat butunjahon o’rgimchak to’ridan hujjatning URL deb
    nomlanuvchi manzilini qidirishda ishlatiladi. Biz bilamizki Web sahifaning asosiy
    mohiyati axborotni tacvirlash va uni har bir foydalanuvchi uchun ochib berishdir.
    Bunda bir qancha funksional cheklanishlar mavjud, ya’ni biz oldindan Web
    sahifani ko’ruvchining kompyuteri qanday, monitorining imkoniyati qanday va
    ko’rish oynasining qanday o’lchamda o’rnatilganligini bilmaymiz. Biz hattoki
    foydalanuvchining qanday operasion muhitda ishlayotganini ham bilmaymiz. Web
    sahifa esa INTEL mashinada ham Makentoshda ham bir xil ko’rinishda bo’lishi
    kerak. Foydalanuvchi o’z operasion muhitida qanday yozuv shriftlar o’rnatganligi
    yoki uning videokartasi qancha rangni ko’tara olishi ham malum emas. Yuqoridagi
    malumotlarning yo’qligi yoki yetarli emasligi umumaxborot almashish tilining
    paydo bo’lishiga to’siq bo’lishi kerak edi, lekin bunday bo’lmadi.
    Gap shundaki 1986 yili xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan
    qog’ozdagi hujjatni ekranda tasvirlash imkonini beruvchi hamma variantlarni
    etiborga olgan SGML (Standart Generalired Marko’p Language) tili yaratildi.
    Hamma imkoniyatlarni etiborga olgan kuchli sistema ishlab chiqildi. 
    Web sahifa uchun bu yaxshi yo’l deb hisoblangan edi. Lekin bu til qonun
    qoidalari izohi yuzlab sahifalarni egalladi. Bunday til asosida yaratilgan sahifani
    tasvirlovchi dasturni ishlab chiqish uchun juda ko’p vaqt ketgan bulardi, shuning
    uchun Internet ehtiyoji uchun SGML tilining malum bir qismi tanlab olindi va


    HTML (Hyper Text Marko’p Language) deb nomlandi. HTML tilida yozilgan
    Web sahifa faylida axborotning qanday tasvirlanishi haqidagi yo’l yo’riqlar ketma
    – ket joylashgan bo’ladi. Bu fayl oddiy matnli fayl bo’lib uni maxsus brauzer
    datsturlarsiz o’qish qiyin. Grafik rasmlarni esa umumman ko’rib bo’lmaydi chunki
    uning o’rnida brauzer dasturga biror rasm kerakligini ko’rsatuvchi TEG turadi.
    Agar biz o’z Web sahifamizni yaratmoqchi bo’lsak, albatta HTML tilini yaxshi
    bilishimiz kerak bo’ladi. 
    HTML ning konstruksiyasi TEG lar deyiladi. Brauzer TEG larni oddiy
    matnlardan farqlashi uchun ular burchak qavslarga olinadilar. TEG tasvirlash
    jarayoni hatti harakatlarining boshlanishini bildiradi. Agar bu harakat butun
    hujjatga talluqli bo’lsa, bunday teg o’zining yopiluvchi juftiga ega bo’lmaydi. Juft
    teglarning ikkinchisi birinchisining harakatini yakunlaydi. Masalan, har bir Web
    sahifa tegi bilan boshlanib tegi bilan yopilishi kerak. Etibor
    bergan bo’lsangiz yopiluvchi teg ochiluvchidan « / » belgisi bilan farq qiladi. Teg
    nomlari katta yoki kichik harflar bilan yozilishi mumkin, bularni brauzer bir xil
    qabul qiladi. HTML tilida boshqa kompyuter tillaridagi kabi izoh berish
    imkoniyati mavjud. Izoh quyidagi «<- - » va «- ->» belgilar orsiga yoziladi. 
    Masalan: 
    <-- Bu izox -->
    Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va
    asosiy qism. Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi malumot joylashadi, asosiy
    qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi.
    Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi  va yopiluvchi  teglari orasida
    joylashadi. Asosiy qism esa  va 
    Asosiy qism
     va 
    Mening bu sahifamga kiruvchilarga alangali salom
    tegi bir qancha qo’shimcha parametrlarga ega. Bu parametrlar
    tegning ochiluvchi qismida joylashadi. Parametrlar ikki qismdan iborat bo’ladi:
    parametr nomi va parametr qiymati. Masalan bgcolor parametri tasvirlanayotgan
    Web sahifa fonining rangini belgilaydi.
    Masalan: 
     
    Parametrlarning satrli qiymatlari qo’shtirnoq ichida yoziladi. Biz quyida <body>
    tegining parametrlari bilan tanishamiz.
     Background - fon sifatida biror bir grafik tasvirdan foydalanish. Parametr
    qiymati sifatida grafik tasvir joylashgan manzil (URL) beriladi.
     Text - tasvirlanayotgan matn rangi.
     Link - Web sahifadagi matnli gipermurojat rangi.
     Vlink-foydalanuvchi tomonidan oldin murojat qilingan gipermurojat rangi.
     Alink - foydalanuvchi tomonidan tanlangan gipermurojat rangi.
     Lang – Web sahifa matni yozilgan tilni aniqlash.

    Download 0.65 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.65 Mb.
    Pdf ko'rish