• Azotning davriy aylanishi.
  • 1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    Uglerodning aylanishi.
    Uglerod barcha organik birikmalar hamda 
    atmosferadagi karbonat angidrid gazi tarkibiga kiruvchi muhim biogen 
    elementdir. Fotosintez jarayoni uglerodning anorganik moddalardan organik 
    moddalarga tabiiy holda o‘tishidir. Uglerodning bir qismi tirik ogranizmlar 
    tomonidan nafas olish jarayonida va mikroorganizmlar tomonidan organik 
    moddalarni parchalanishi natijasida karbonat angidrid shaklida atmosferaga 
    qaytariladi. Fotosintez jarayonida o‘simliklar o‘zlashtirgan uglerod organik 
    birikma shaklida hayvonlar tomonidan iste’mol qilinadi. Undan tashqari, korall 
    poliplari, molluskalar uglerod birikmalaridan o‘z skeleti va chig‘anoqlarini hosil 
    qilishda foydalanadi. Bu organizmlar nobud bo‘lgach, ularning qoldiqlaridan 
    ohaktosh yotqiziqlari hosil bo‘ladi. Shu tarzda uglerod ma’lum muddatga 
    davriy aylanishdan chiqariladi. Uglerodni uzoq muddatga davriy aylanishdan 
    chetga chiqishi ko‘mir, neft, torf kabi qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi 
    bilan ham bog‘liq. O‘simliklar, hayvonlar va insonlar hayotiy jarayonlarida 
    uglerod qaytadan davriy aylanishga qo‘shiladi (44-rasm).
    Yerning rivojlanishi davomida davriy aylanishdan chiqib qolgan uglerod
    o‘rni vulqonlar otilishi va boshqa tabiiy jarayonlar natijasida atmosferaga 


    155
    qaytariladigan uglerod hisobiga to‘ldirib boriladi. Bugungi kunga kelib 
    uglerodning atmosferaga ajralishi tabiiy jarayonlardan tashqari antropogen 
    omillar natijasida, masalan, uglevodorod yonilg‘ilarining yonishi oqibatida ham 
    kuchayib bormoqda. Bu esa sayyoramizda uglerod aylanishi muvozanatining
    buzilishiga sabab bo‘ladi.
    Azotning davriy aylanishi.
    Azot biosferada eng ko‘p tarqalgan 
    elementlardan biri hisoblanadi. Azot tirik organizmlar uchun zarur organik 
    moddalar: oqsil, nuklein kislota, lipoprotein, xlorofill tarkibiga kiradi. 
    Uning asosiy qismi atmosferada molekular holatda (N
    2
    ) bo‘ladi. Kimyo 
    o‘quv fanidan sizga ma’lumki, molekular azot atomlari orasidagi bog‘ 
    o‘ta mustahkam. Ko‘pchilik tirik organizmlar molekular azotdan foydalana 
    olish qobiliyatiga ega emas. Shu sababli azotning davriy aylanishida uni 
    fiksatsiyalash va foydalanish mumkin bo‘lgan shaklga o‘tkazish muhim 
    jarayonlardan biri hisoblanadi (45-rasm). Atmosferadagi elektr hodisalar 

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-nashr O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish