• Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Jadvalni to ‘ ldiring. Quyosh spektrining tarkibiy qismlari Hayvonlar uchun
  • O‘simliklarning ekologik guruhlari Yorug‘sevar o‘simliklar Soyaga chidamli o‘simliklar Soyasevar o‘simliklar 9-§. HARORAT – MUHITNING ABIOTIK OMILI
  • O‘ z fikringizni bildiring




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/179
    Sana18.06.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #264228
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179
    Bog'liq
    Biologiya 11 sinf

    O‘
    z fikringizni bildiring
    .
    1. Qaysi xususiyatlariga ko‘ra o‘simliklar uzun kun, neytral va qisqa kun o‘sim-
    liklariga ajratiladi? Misollar keltiring. Bunday o‘simliklarning birgalikda 
    o‘sishi qanday biologik ahamiyatga ega? 
    2. Fotoperiodizm hodisasi qonuniyatlarining qishloq xo‘jaligidagi amaliy aha -
    miyatini tushuntiring. O‘simliklarga yorug‘likning ta’sirini o‘rganish bo‘yi-
    cha tajribalar o‘tkazing. 
    3. O‘simliklar guruhlarida yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra har xil o‘simliklar 
    o‘sadi. Bu hodisaning qanday ahamiyati bor? 
    Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. 
    Jadvalni to

    ldiring. 
    Quyosh spektrining tarkibiy 
    qismlari
    Hayvonlar uchun 
    ahamiyati
    O‘simliklar uchun 
    ahamiyati
    Ultrabinafsha nurlar
    Ko‘rinadigan nurlar
    Infraqizil nurlar


    53
    5. Ekologik guruhlarga mansub o‘simliklarni jadvalga yozing. 
    O‘simliklarning ekologik guruhlari
    Yorug‘sevar o‘simliklar Soyaga chidamli o‘simliklar
    Soyasevar o‘simliklar
    9-§. HARORAT – MUHITNING ABIOTIK OMILI
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang.
    Botanika va zoologiya darslarida 
    olgan bilimlaringiz asosida haroratning urug‘larning unishi, hayvonlarda 
    sodir bo‘ladigan hayotiy jarayonlar, hayot faoliyatiga qanday ta’sir 
    ko‘rsatishini misollar bilan tushuntiring. 
    Harorat
    ekologik omil sifatida tirik organizmlar hayotida muhim o‘rin 
    tutadi, hayvon va o‘simliklar hayotida moddalar almashinuvi, biokimyoviy 
    va fiziologik jarayonlarning sodir bo‘lishi va tezligiga ta’sir qiladi. Tirik 
    organizmlarning 
    Y
    er shari bo‘ylab tarqalishida, ularning xulq-atvori, xatti- 
    harakatlarining namoyon bo‘lishida harorat katta rol o‘ynaydi. 
    Harorat sutka davomida yil fasllari bilan bog‘liq holda mavsumiy 
    hamda geografik zonallik jihatdan o‘zgaruvchan omildir. 
    T
    irik organizm 
    uchun haroratning chidamlilik chegarasi oqsillar, hayotiy muhim fermentlar 
    faoliyatining buzilishiga – denaturatsiyasiga olib keluvchi harorat bilan 
    belgilanadi. 
    Harorat 0°C dan pasayganda suvning muzlashi tufayli muz kristallari 
    hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida hujayra membranasining shikastlanishiga 
    hamda hujayraning nobud bo‘lishiga olib keladi. 
    Turli organizmlar normal hayot kechirishi mumkin bo‘lgan harorat o‘rtacha 
    0°C dan +50°C gacha hisoblanadi. Ammo sayyoramizda organizmlar hayot 
    faoliyati katta harorat diapozonida kechadi. Quruqlikda eng minimal harorat 
    –70°C, maksimal harorat +55°C, dengizda minimal harorat +3°C, maksimal 
    harorat +35°C ga teng bo‘lsa, chuchuk suvda esa qishda +5°C dan +7°C 
    gacha, yoz oylarida +20°C dan +35°C gacha, geotermal (yunoncha «geo» – 
    yer, «terme» – issiq) suv manbalarida +25°C dan +90°C gacha bo‘ladi. 
    Ba’zi organizmlar, masalan, ayrim bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar 
    issiq suv havzalarida, yopishqoq lishayniklar sporalari, cho‘l o‘simliklarining 
    urug‘lari, vegetativ organlari qizib yotgan tuproqqa bardoshlidir. 


    54
    O‘ta sovuq haroratga chidamli o‘simlik va hayvon turlari ham 
    mavjud. Ayrim suvo‘tlar, chuvalchanglar, molluskalar, qisqichbaqa-
    simonlar, baliqlar, kurakoyoqli sutemizuvchilarning hayotiy faoliyati 
    0°C dan +2°C da kechadi.
    Termoregulatsiya jarayoni usullariga hamda harorat omiliga moslanish 
    darajasiga ko‘ra organizmlar ikki guruhga: poykiloterm (sovuqqonli) va 
    gomoyoterm (issiqqonli) organizmlarga ajratiladi.

    Download 4,78 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   179




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish