Kislorodning davriy aylanishi




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/176
Sana01.02.2024
Hajmi4,78 Mb.
#149833
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176
Bog'liq
Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)

Kislorodning davriy aylanishi. 
Yerdagi hayotni, atmosferadagi gazlar 
tarkibini muvozanatda ushlab turadigan fotosintez jarayoni kislorodning davriy 
aylanishiga zamin tayyorlaydi (46-rasm). Yashil o‘simliklar va sianobakteriyalar 
biosferaga kislorodni yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Kislorod organizmlarning 
nafas olishi uchun zarur. Kislorod fotosintez natijasida hosil bo‘ladi va 
tirik organizmlar nafas olishida organik birikmalarning oksidlanishi uchun 
sarflanadi. Kislorod tirik organizmlarda uchraydigan anorganik moddalar: suv, 
karbonat kislotaga, kalsiy karbonat va organik birikmalarning tarkibida bo‘ladi. 
Dengiz hayvonlari chig‘anoqlari tarkibida kislorodga boy bo‘lgan kalsiy 
karbonat moddasi uchraydi. Bu hayvonlar halok bo‘lgandan keyin ularning 
qoldiqlari dengiz tubiga tushadi va vaqt o‘tishi bilan litosferaning cho‘kindi 
46-rasm.
Biosferada kislorodning davriy aylanishi.
Inson faoliyati
Ozon ekrani
Ultrabinafsha nurlar
Nafas olish
Fotosintez
Fitoplankton
Qaytarilish
Oksidlanish
Zooplankton
Tuproqda 
yashovchi 
organizmlar
O
2


158
jinslariga aylanadi. Fotosintez qiluvchi organizmlar faoliyati natijasida paydo 
bo‘lgan erkin kislorod (O
2
) atmosferada ultrabinafsha nurlar ta’sirida ozonga 
(O
3
) aylanadi. Ozonning to‘planib borishi natijasida atmosferaning yuqori 
qatlamlarida ozon ekrani hosil bo‘ladi. Kislorod miqdorini bir me’yorda ushlab 
turish faqatgina fototrof organizmlar hisobiga amalga oshiriladi. So‘nggi 
yillarda o‘rmonlar qisqarishi, tuproq eroziyasi, fotosintez mahsuldorligining 
pasayishi kabi holatlar kuzatilmoqda. 
Kislorodning davriy aylanishi suvning aylanishi bilan bog‘liq, chunki 
suv fotosintez jarayonining muhim komponenti va kislorod manbayidir. 

Download 4,78 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   176




Download 4,78 Mb.
Pdf ko'rish