• 1-§. BIOLOGIK TIZIMLAR. EKOLOGIYA – BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDAGI FAN Tayanch bilimlaringizni qo‘llang .
  • I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/176
    Sana01.02.2024
    Hajmi4,78 Mb.
    #149833
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
    Bog'liq
    Biologiya. 11-sinf (2018, A.G\'afurov, A.Abdukarimov)
    19.24 MAVZU, 1480060689 64671, Eritmadagi moddaning konsentratsiyasini aniqlash usullari, Erigan modda konsentratsiyasini aniqlash usullari, 30610102 Kompyuter grafikasi va dizayn O\'quv dasturi 10 09, Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna, 1. Sanoq sistemasi haqida tushuncha Pozitsion va nopozitsion san-fayllar.org, Dars turlari aralash dars maqsadi vazifasi, Referat I mavzu yaxlit pedagogik jarayon reja Pedagogik jarayon-fayllar.org
    I BOB. EKOLOGIYA VA HAYOT
    I bob mazmuni bilan tanishib, Siz:

    tirik organizmlarning tizimli tuzilishi, asosiy xususiyatlari va ahami-
    yatini tavsiflay olishingiz;

    biologik sistemalarning iyerarxik tuzilishi va umumiy xossalarini tushuntira 
    olishingiz;

    ekologiyaning vazifalarini tahlil qila olishingiz;

    tirik organizmlar tuzilish darajalarining o‘ziga xos jihatlarini o‘zaro 
    qiyoslay olishingiz zarur.
    1-§. BIOLOGIK TIZIMLAR.
    EKOLOGIYA – BIOLOGIK TIZIMLAR HAQIDAGI FAN
    Tayanch bilimlaringizni qo‘llang
    Avvalgi sinfda o‘rgangan bilimlari-
    ngizdan foydalanib, Yerdagi hayotning tuzilish darajalarini eslang. 
    Hayotning har bir darajasining tuzilish va funksional birligini aniqlang. 
    Hayotning har bir darajasida qanday biologik jarayonlar sodir bo‘ladi?
    Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab atrof-muhit, o‘simliklar va hayvonot 
    olami, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning sirli tomonlarini 
    o‘rgangan. Ulardan kelgusi hayotda foydalanish yuzasidan dastlabki 
    tajribalarga ega bo‘la boshlagan. Dastlab tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa 
    va jarayonlarning o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha alohida ma’lumotlar 
    to‘plangan. Shu tariqa inson tafakkuri rivojlangan, mantiqiy fikr yuritish 
    orqali tabiatdagi hayotning mohiyati, o‘simliklar va hayvonlar hayotidagi 
    mavsumiy moslanish lar, tabiatda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni 
    tushunish imkoniyati yuzaga kelgan.
    Odamning tabiat va uning tarkibiy qismlariga bo‘lgan munosabati va 
    tabiatdagi hodisa, jarayonlarning mohiyatini o‘rganishi ilmiy bilishning 
    asosini tashkil qilgan. Ilmiy bilish inson tafakkurining oliy darajasi bo‘lib, 
    ilmiy yangiliklar, kashfiyotlar avval ma’lum bo‘lmagan o‘simliklar va 


    5
    hayvonlarning tuzilishi hayotiy jarayonlar, qonunlar va qonuniyatlarni 
    yaratishga yo‘nalgan bo‘ladi. Shu tariqa inson o‘zini o‘rab turgan atrof-
    muhitni o‘rganishi natijasida yerda yashaydigan organizmlar, ularning 
    hayotiga ta’sir qiladigan omillar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar yuzaga 
    kelgan.
    Antik davrda ilmiy bilimlarning birinchi shakli tabiat falsafasi edi. Tabiat 
    falsafasining obyekti tabiatda sodir bo‘ladigan hodisalarni o‘rganish sanalgan. 
    Tabiat falsafasi tabiat haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, XVI–XVII asrlarda 
    tirik va anorganik tabiat haqidagi mustaqil fan – tabiiyotshunoslikning 
    shakllanishiga imkon yaratdi. Tabiiyotshunoslik fani negizida o‘rganish 
    obyekti, maxsus tadqiqot metodlariga ko‘ra fanlarning ixtisoslashishi vujudga 
    keldi. 
    Biologiyaning o‘rganish obyektlari tabiatning tirik materiyasi yoki 
    organizmlardir. Biologiya tirik materiyaning tuzilishi, ularning hayot 
    faoliyati, anorganik tabiat bilan o‘zaro aloqasini o‘rganadi.

    Download 4,78 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




    Download 4,78 Mb.
    Pdf ko'rish