|
1. Noinersiаl sаnoq tizimlаridаgi inersiya kuchlаri О‘zgаruvchаn mаssаli jismning hаrаkаti
|
bet | 19/26 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 401,1 Kb. | | #153042 |
18-MAVZU. Vakuumda elektr toki.
Zaryadli zarrachalarning ma’lum bir tomonga tartibli harakatiga “elektr toki” deyiladi . zaryadlar ikki turga bo’linib ,”+” va ”-” moduli jihatidan tengdir. Boshqacha aytganda neytral jismdagi musbat va manfiy zarralarning miqdori hamma vaqt o’zaro teng bo’ladi. Nechta musbat zarra bo’lsa , manfiy zarralar soni ham shuncha bo’ladi. Yakkalangan sistemadagi zaryadlar miqdori vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Bu hol zaryadlarning saqlanish qonuni deb yuritiladi. Biz elektr tokining turli muhitlarda namoyon bo’lishini ko’rib chiqmoqchimiz
Jism qizdirilganda elektronlarning undan chiqish hodisasi termoelektron emissiyasi deyiladi. Bu hodisa Edison tomonidan kashf etilgan. Vakuumda tok hosil qilishda zaryad tashuvchi zarralarni yuzaga keltirishda termoelektronemissiyadan foydalngan. Bu hodisani tajriba asosida ko’rib chiqadigan bo’lsak nay ichiga katod sifatida ingichka sim kavsharlab, uning uchlarini tashqariga chiqarib qo’yamiz. Termoelektron emissiya hodisasi elektron tayyorlashda, elektron emissiya hodisasiga asosanishlaydigan asboblarni chiqarishda tayyorlaniladi. Elektron lampa ichida havosi so’rib olingan l va bir necha elektronlar kavsharlangan shisha yoki metal balondan iborat.
Elektroidlar --- bu ikkinchi sinf o’tkazgichlar hisoblanadi. Bizga ma’lumki odatdagi sharoitda distirlangan suv o’zidan elektrni deyarli o’tkazmaydi. Bunga sabab suvning elektrik sig’diruvchanligi E=81 teng bo’lib juda katta. Suv molekulasini tashkil etgan musbat va manfiy zaryadlar kuchli dipol ko’rinishda.
“+” va ”-” zaryadlarning yig’indisiga dipol deyiladi. Tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvdagi eritmasiga elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlardagi elektr tokini hosil bo’lishini quyidagi tajriba asosida ko’rib chiqamiz. Toza distirlangan suvni idishga solib unga elektrodlar tushirilgan bo’lsin. Elektrodlar tok manbaiga ulangan bo’lib elektrolit orqali elektr toki o’tganda moddaning kimyoviy parchalanishi va ularning elektrodlarda ajralib chiqishi elektrolit deyiladi.
Katod qizdirilganda undan elektronlar ajralib chiqa boshlaydi. Katoddan chiqqan elektronlar anod va katod orasidagi elektr maydoni ta'sirida anodga tomon tartibli harakatga keladi va zanjirda tok hosil bo'ladi.
Agar t vaqt davomida anodga N ta elektron yetib kelgan bo'lsa, shu vaqt davomida anod olgan zaryad miqdorini q = N e ifodaga ko'ra hisoblaymiz.
Vakuumli diodning umumiy ko'rinishi va elektr sxemasi
Fan va texnikaning tez sur'atlar bilan rivqjlanishi natijasida bugungi kunda vakuumli lampalarning o'rniga zamonaviy hamda kam energiya iste'mol qiluvchi yarim o'tkazgichlardan yasalgan asboblar qo'llanilmoqda
|
| |