1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buxoro davlat universiteti




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana15.07.2024
Hajmi3,02 Mb.
#267685
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
46379 1 53E52CF73F6EF3CFFBD207633E263E7E9A7B7F79

4.Ko‟pga –ko‟p bog‟lanish (M:N) 
 


AB N B 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish 
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala yechiladi:

predmet sohasi ob‘ektlarini qanday qilib ma‘lumotlar modellarining abstrakt 
obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma‘lumotlar 
bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.


15 

ma‘lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday 
ta‘minlash. Bu masalaga ma‘lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi 
deyiladi.
Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet 
sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish 
bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, 
axborot ob‘ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil 
asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch 
bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir: 

konseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish; 

axborot ob‘ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash; 

predmet sohasining konseptual modelini qurish va MBni konseptual 
sxemasini loyihalashtirish. 
Konseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi 
masalalarni hal qilish kerak: 

foydalanuvchilarning MBga bo‘lgan talablarini tahlil qilish; 

MBdan o‘rin olishi lozim bo‘lgan axborotlarga ishlov berish bo‘yicha mavjud 
masalalarini aniqlash;

kelajakda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarni aniqlash;

tahlil natijalarini hujjatlashtirish. 
Misol
. TTESI talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif 
qilinayapti. Predmet sohasining tahlil qilish: 
1.TTESI da qancha talaba ta‘lim oladi? 
2.TTESI da qancha fakultet va kafedralar bor? 
3.Fakultet va kurslar bo‘yicha talabalar qanday taqsimlanagan? 
4.Har bir kursda har bir mutaxassislik bo‘yicha qancha fanlar o‘qitiladi? 
5.MBdagi axborotlar qancha (qanday) tez almashtirib turiladi? 
6.TTESI da qancha o‘qituvchi bor? 


16 
7.Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotokxonada va xususiy xonadonlarda 
yashaydi? 
8.Ma‘ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda 
qancha laboratoriyalar bor? 
9.O‘qitilayotgan fanlar orasida qanday ketma-ketlik mavjud? 
10.Hozirgi paytda 1-9 punktlarda ko‘rsatilgan axborotlardan qanday 
foydalaniladi (dars jadvali, imtihon, sinov va boshqalar) va qanday ishlatish 
rejalashtirilmoqchi? 
11.MBdan kim foydalaniladi, nechta odam va bir kunda necha marta? 
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog‘onasi axborot ob‘ektlarini 
tanlash, har bir ob‘ekt uchun zarur xossalarini berish, ob‘ektlar orasidagi 
aloqalarni, axborot ob‘ektlariga qo‘yiladigan cheklashlarni va axborot ob‘ektlari 
orasidagi aloqalarning turlarini aniqlashdan iborat.
Axborot ob‘ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga 
harakat qilinadi: 
1.MBda saqlanishi lozim bo‘lgan ma‘lumotlarni qanday sinflarga ajratish 
mumkin? 
2.Har bir ma‘lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin? 
3.Har bir ma‘lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni 
(foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin? 
4.Tanlangan tasifnomalar to‘plamlariga qanday nomlarni berish mumkin? 
Axborot ob‘ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili 
va iste‘molchilar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot 
ob‘ektlarning tasifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi. Keyin axborot 
ob‘ektlari orasidagi aloqalar aniqlanadi. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga 
javob berishga harakat qilinadi: 
1.Axborot ob‘ektlari orasidagi aloqalar turi qanday? 
2.Har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin? 
3.Keyinchalik foydalanish mumkin bo‘lgan qanday turdagi aloqalar bo‘lishi 
mumkin? 


17 
4.Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma‘noga egami? 
Axborot ob‘ektlarining o‘zaro aloqasiga misol sifatida TALABA, 
SINOV_Daftari, FAKULTET, O‘QITUVCHI va axborot ob‘ektlari va ular 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa quyidagi rasmda ko‘rsatilgan. 

Download 3,02 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buxoro davlat universiteti

Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish