|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi buxoro davlat universitetiBog'liq 46379 1 53E52CF73F6EF3CFFBD207633E263E7E9A7B7F79Ma‟lumotlar modellari
Ma‟lumotlarning modeli
- bu ma‘lumotlar o‘zaro bog‘langan tuzilishlari va
ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma‘lumotlar modeli kuyidagi tarkibiy kismlarni o‘z ichiga oladi:
1.Ma‘lumotlar tuzilmasi.
2.Ma‘lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo‘lgan operatsiyalar.
3.YAxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar.
MBni tuzishda ma‘lumotlar modeli bir yoki bir necha turidagi obektlarni o‘z
ichiga olish va ular o‘rtasida aloqalar o‘rnatish imkonini yaratadi.
Mashina muhitidagi ma‘lumotlarning murakkabroq modellari (fayl
modeliga nisbatan)
tarmoqli
va
iyerarxik
modellar bo‘lib hisoblanadi. Bu modellar
ularning o‘zlariga xos turdagi ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlatiladi.
MBBTda ma‘lumotlarni mantiqiy tashkil etish usuli ma‘lumotlarning tarmoqli
yoki iyerarxik modeliga mos holda ko‘rsatiladi. Bunday model o‘zaro bog‘lik
ob‘ektlarning majmui bo‘lib ikki ob‘ektning aloqasini va ularning bir-biriga
qaramligini aks ettiradi.
Iyerarxik model.
Ikki xildagi ob‘ektlar o‘rtasidagi aloqalar, ularning
nusxalari o‘rtasidagi qat‘iy iyerarxik munosabatlar bilan aniqlanib, ular asosiy va
tobe yozuvlar to‘plamidan iboratdir.
Daraxt turiga misol:
9
Bunda yozuv turlari orasida bog‘lanish mavjud. Bunday sxemadagi ma‘lumotlar
bazasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (daraxtning bitta nusxasi):
Tarmoqli model.
Turli predmet sohalari uchun ma‘lumotlarning tarmoqli
modeli iyerarxik modeliga nisbatan mashinaning ish muhitida axborot
tuzilmalarini aks ettiruvchi umumiy vosita hisoblanadi. Ko‘plab predmet
sohalarining malumotlari o‘rtasidagi aloqalar tarmoqli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Tarmoqi modellar, ma‘lumotlarning iyerarxik aloqasini ham aks ettirishga imkon
beradi.
Tarmoqli MBda yozuvlar va ular orasidagi bog‘lanishlar tashkil topgan,
ya‘ni yanada aniqrog‘i MB strukturasining har bir tipidagi nusxalar to‘plamidagi
yozuvlar turi to‘plami va berilgan aloqa turlari to‘plamidagi har bir turdagi
nusxalar to‘plamuni tashkil qiladi. MB tarmoqli sxemasiga oddiy misol:
|
| |