5
Mavzu 1. Ma‟lumotlar ombori, ularning turlari, ma‟lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari
Reja:
1. Ma‘lumotlar bazasining va uni boshqarish tizimlari
2. Ma‘lumotlar modellari
3. Mohiyat-bog‘lanish
tushunchasi
4
. MBni yaratishda predmet sohasini tahlil qilish
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi,
axborot oqimlarining tobora
ortib borishi va ma‘lumotlarning tez o‘zgarishi insoniyatni ma‘lumotlarni o‘z
vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda.
Ma‘lumotlarni saqlash, uzatish, yig‘ish va uni qayta ishlash uchun ma‘lumotlar
bazasi (MB) ni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish
bugungi kunning eng
dolzarb vazifalaridan bo‘lib qolmokda.
Ma‟lumotlar bazasi va uni boshqarish tizimlari
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob‘ektlari
haqidagi
ma‘lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma‘noda ma‘lumotlar bazasi -bu
qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob‘ektlari haqidagi
ma‘lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni
tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma‘lum bir qismi tushiniladi.
Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
Ma‘lumotlar
bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar
bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan
tanlanmani tez olishga
intiladi. Buni faqat ma‘lumotlar tuzilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
T u z i l m a l a sh t i r i sh
–bu ma‘lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi
kelishuvni kiritishdir. Agar ma‘lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv
bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Masalan, talabalar (sinov daftarchasining nomeri, familiyasi, ismi, otasining
ismi, o‘rtacha baho va stependiya miqdori)
haqidagi axborotdan iborat
6
tuzilmalashtirilmagan ma‘lumotlarga quyidagicha yozilgan axborotni ko‘rsatish
mumkin:
Reyting daftarcha nomeri 654311 Familiyasi