1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati




Download 354,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana28.05.2024
Hajmi354,28 Kb.
#255712
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qaror qabul qilish va joylashtirishni tashkil etish (4)

2.
 
Mehmonxonada nomer va joyni bron qilish tartibi 
Bron qilish-
mehmonxonadagi nomer va joyga oldindan buyurtma berishdir. 
Shu jarayondan mehmonga xizmat ko‘rsatish boshlanadi. Nomerni bron qilish 
bilan qabul qilish va joylashtirish xizmati yoki bron bo‘limi menejeri 
shug‘ullanadi. Aynan shu bo‘limlarga mehmonlardan bron qilish haqida ariza 
tushadi. Arizalarni rasmiy yig‘ishdan tashqari, bron bo‘limi mehmonxona joylariga 


bo‘lgan talabni o‘rganib chiqishi shart.Mehmonxonaning ko‘p yillik ish faoliyatini 
mazkur regionda o‘tkaziladigantadbirlar(festival, karnaval, sport musobaqalari) 
rejasini hisobga olib, nomerni o‘tgan va kelgusi davrda bandligini tahlil qilgach, 
bron bo‘limi marketing xizmati bilan birgalikda mehmonxona faoliyatini 
rejalashtiradi. 
Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda mehmonxona joylariga bo‘lgan 
talab bir necha barobar oshadi. Mehmonxona uchun ko‘p sonli qatnashuvchilarga 
ega tadbirlarga joy bron qilish foydaoidir, chunki bunday hollarda buyurtma 
tadbirdan ancha oldinroq amalga oshiriladi va uni bekor qilish riski katta emas. 
Mehmonxona bandligi mavsum, mazkur hududning ishchan faolligi, iqtisodiy, 
siyosiy vaziyatga bog‘liq. Siyosiy barqarorsizlik ro‘y berayotganda xavfsizlikni 
taminlash 
sustlashishi 
tufayli 
turistlarning 
ushbu 
hududga 
qiziqishi 
pasayadi.Mavsum tig‘iz paytida mehmonxona ikkikarrali(dvoynoye) bron qilishni 
amalga oshiradilar. 
Ikkikarrali bron
-bu birdaniga ikki mijozga bir xil sanada 
kelajakda mehmonxonadan joy berish tasdig‘idir.Bu yo‘lni tanlab mehmonxona 
juda katta tavvakkal qiladi. Balkim ularning biri keyinchalik buyurtmani bekor 
qiladi yoki belgilangan kunda kelmas.Unda tavvakkalchilik oqlanadi. Agar o‘sha 
kuni har ikki mijoz ham kelsa-chi?Albatta, birinchi kelgan mijoz joyni egallaydi. 
Ikkinchi mijoz ehtiyoji uchun boshqacha yo‘llar mavjud, bu yo‘llarni ikkikarrali 
bronni amalga oshirayotganda bo‘lim menejeri o‘ylab qo‘yadi.Har ikki mijoz 
tashrif buyursa, yoki turist ogohlantirmay kelsa, mehmonxonada joy bo‘lmasa,
mehmonxona xodimi ularni mehmonxonaga yaqin joylashgan uy- joyni ijaraga 
beruvchilar, yoki boshqa mehmonxonalarga jo‘natadilar.Bunday paytda mijozdan 
mehmonxonani o‘zgartirishi haqida ijozat so‘rash zarur. 
Mehmonxona uchun ham, mijoz uchun ham nomerlarni oldindan bron qilish 
qulaydir, qancha barvaqt bo‘lsa, shuncha yaxshi. 
“Mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatish qoidalari” asosan :”bajaruvchi ikki 
tomon imzolagan mehmonxonada joyni bron qilish haqidagi shartnoma hujjat 
tuzish orqali, shuningdek, pochta, telefon orqali bergach, ariza istemolchidan 
kelayotganligiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng bron amalga oshiriladi”. 


Agar tashkilot mehmonxona xizmatidan doimiy foydalanayotgan bo‘lsa, unda 
malum muddatga shartnoma tuzish maqsadga muvofiqdir.Bunda tashkilotga 
o‘zining tartib raqami beriladi va ushbu tashkilot tomonodan yuboriladigan 
mijozlarga shartnomaga muvofiq mehmonxonadan jay beriladi. 
Hozirda turfirmalar aniq bir mehmonxona bilan shartnoma tuzishga harakat 
qilmoqdalar. Mehmonxonalar doimiy ravishda mijozlar bilan taminlayotgan 
turfirmalar uchun chegirmalar belgilaydi. 
Mehmonxona va turfirma o‘rtasidagi shartnomalarga quyidagilar ko‘rsatiladi: 
turistlarni joylashtirish bo‘yicha arizalar qaysi muddatda berilishi shart, to‘lov 
qachon va qay tarzda amalga oshiriladi. 
Ko‘pincha bron ijarani eslatadi, chunki chunki uzoq davrda va bir necha 
nomerlar va hatto qavatlarga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Mehmonxona joy yoki nomerini bron qilishning bir necha usullari 
mavjud:yozma, og‘zaki va kompyuter orqali. 
Pochta yoki faks orqali mijoz mehmonxonada xat-ariza jo‘natadi(pismo-
zayavka).Xuddi shunday arizani mehmonxona bron bo‘limida rasmiylashtirish 
mumkin.Arizalar bilan ishlash katta etiborni talab qiladi.Bron qilish yoki bronni 
bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar barchasi ro‘yxatga olinishi shart. 
Bron bo‘ytcha menejerlar buyurtmani vaqtida bekor qilmasalar, xato yuzaga 
chiqmaguncha, nomer sotilmay qolishi mumkin.Faqat firma blankasidagi ariza, 
buyurtma qilingan nomer to‘langanligini tasdiqlaydi. 
Nomerni bron qilayotgan tashkilot arizasida albatta, ushbu tashkilot 
rekvizitlari ko‘rsatilishi shart(nomi, manzili, bankdagi hisob raqami).Arizada 
quyidagi malumotlar kiritilishi zarur: 
-
nomer soni va kategoriyasi; 
-
mehmonxonada yashash muddati; 
-
tashrif buyuruvchi f. i. sh; 
-
to‘lov shakli(naqd pul yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan ; to‘lovni amalga 
oshiruvchi tashkilot rekvizitlari). 


So‘ngra arizalar ro‘yxatga olinadi(registratsiya raqami beriladi) va 
tasdiqlanadi, yoki rad etiladi. 
Telefon orqali bron qilish jarayonida mijoz bilan suhbatda etiborli bo‘lish 
juda muhim, chunki bu suhbatdan mijozning mehmonxona haqidagi taassuroti 
shakllanadi.Qoida bo‘yicha go‘shakni maksimum 5ta gudokdan so‘ng ko‘tarish 
kerak va albatta, ushbu xodim mehmonxonaning nomerlari bandlik holati haqida 
malumotga ega bo‘lishi shart.Nomerlarga buyurtmani telefon orqali qabul qiluvchi 
mehmonxonalarda maxsus blankalar ishlab chiqilgan.Unda faqat kerakli grafalar 
belgilanadi, arizani to‘liq yozib olish shart emas.Bunday blankalar bron bo‘limi 
kompyuterida ham bo‘lishi mumkin.Telefon orqali bron qilishda yozma 
tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi. 
Bron qilishning kompyuter usuli mehmonxonalar va mijlzlar uchun keng 
imkoniyatlar yaratmoqda.Jahon amaliyotida bron qilishning kompyuterli tizimlari 
mavjud: bron qilishning 

Download 354,28 Kb.
1   2   3   4   5




Download 354,28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Qabul qilish va joylashtirish xizmati

Download 354,28 Kb.
Pdf ko'rish