-
lazerli printerlardan foydalanishda qimmatbaho elektron uskunalarni sotib olish
va o‘rganish;
-
bunday uskunalar bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilishda malakali
mutaxassislarning kamligi;
-
bu darajadagi texnik obetlarni joylashtirishdagi kerakli maydon(joy)
muammosi.
Integratsiya rivoji sharoitida born tizimini qo‘llashda talab oshmoqda. Bu
tizim mehmonxona xo‘jaligi samaradorligiga erishish yo‘lidagi keng hajmla
operatsiyalarni tanlab,
turistik biznes, restoranlarni rivojlantirishda ularning
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Hozirda kafolatlangan va kafolatlanmagan bron turlari keng qo‘llanilmoqda.
Bu turlar mazmunini boyitish uchun xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar professional
malakasini modernizatsiyalashni qo‘llash kerak. Bu yerda xizmatlar assortimenti
sifati kashfiyoti amal qilishi lozim. Bu holatlarda
mehmonxonalarda joylarni bron
qilish turi bog‘liq bo‘ladi
Kafolatlangan
bron – bu mijozga buyurtma
berilgan nomerni olishini
kafolotlovchi, otelning bron haqidagi tasdig‘idir. Bunday hujjat kechikib kelish
ehtimoli bo‘lganda zarurdir.Bron qilishda mehmon kredit kartochkasi raqami yozib
olinadi, mehmon kechikkanda ham bu nomer to‘langanligi kafolatini beradi. Shu
shart bilan mehmon kelgunicha nomer bo‘sh turadi.
Kafolatlangan bron afzalligi shundaki, mehmon buyurtmadan foydalana
olmasligini tushunsa, uni bekor qilishi mumkin.
Bunday tasdiqnoma yordamida
mehmonxona bo‘sh nomerlari haqida aniq malumotga ega bo‘lish mumkin.
Kafolatlangan bron qilishning boshqa turi depozit(avans)to‘lovdir. Bazi
holatlarda (m: mavsum tig‘izligida) kutilayotgan mehmon kelmayotganligi sababli
nomerning turib qolishini oldini olish maqsadida mehmonxona mijozdan bir kunlik
yoki yashash muddati bahosining yarmini to‘lashini so‘rashi mumkin.
Turistik guruhni joylashtirishda ham oldindan to‘lov talab qilinadi. Bu ham
kelmay qolish holati bilan kurashishning bir yo‘lidir.
Kafolatli bron qulayligidan tashqari bir qator muammolari ham mavjud: bank
o‘tkazmalarini rasmiylashtirishdagi to‘xtab qolishlar; mehmonxona nomerlari
narxlarining o‘zgarib turishi; jarimalar(sekuin ishlashi); kafolatga rioya qilishdagi
tashkiliy tizimning zaifligi; teskari aloqaning sustligi.
Bron qilishda
asosiy etibor kompaniyalar, aksiyadorlik kompaniyalariga
qaratiladi, xususiy shaxslar uchun bron tizimi sustroq ishlaydi.
Kafolatlanmagan
bron qilish o‘z xususiyatiga ko‘ra mehmonxona
imkoniyatlarini kengaytiradi.Malum soatgacha
mehmon kelmasa, nomer
boshqalarga berilishi mumkin yoki bo‘sh hisoblanadi.
Guruhli
bron
qilishning
(10 tadan ziyod nomerlarni bron qilish) individual
bron qilishdan farqi shundaki, bron xizmati menejerlari shartnoma tuzish uchun
masul shaxs bilan bevosita o‘zi uchrashishi va guruhga xizmat ko‘rsatish
shartlarini kelishib olishi mumkin.
Ertalab qabul xizmati klerki navbatchilikka kirishayotganida
mehmonlar
bo‘shatgan nomerlar sonini bo‘sh
nomerlar soniga jamlaydi, Chiqqan natijadan
bron qilingan nomerlar sonini olib tashlaydi va chetdan kelgan mehmonlarga taklif
etishi mumkin bo‘lgan nomerlar soni chiqadi.Bunda qabul xizmati malumotlari
xo‘jalik xizmati (houzekeeping) axborotlari bilan solishtiriladi, ko‘pincha
tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Masalan, xo‘jalik xizmati nomer bo‘shligini
ko‘rsatadi, bron xizmati malumotlari bo‘yicha nomer kafolatli to‘lov bilan bron
qilingan, mijoz nomerni hali egallamagan.Qabul
xizmatida nomer band
ko‘rschatilgan, xo‘jalik xizmati esa nomerga yukning yo‘qligi va mijoz tunab
qolmaganligini aytadi.