1.Boshlovchi: Unday bo’lsa azizlar bugungi tadbirimizni boshlaymiz, marhamat tomosha qiling.
Xonanda Sardor Mamadaliyevning “Raqamlar bir Kuni jam bo’ldi” qo`shig`i yangraydi.
5-sinf qizlari raqamlar raqsini ijro etishadi
1.Boshlovchi: Ko’rdingizmi raqamlar qanday mo’jizalarga egaligini???
2.Boshlovchi: Endi tushunib yetdim…
Matematika- bu fanlar otasi
Fizika, informatika unga egizak
Al –Xorazmiy, Beruniylar hissasi
Fanlarning ko’ksiga qo’yilgan bezak.
1.Boshlovchi: Tushunib yetganingizdan xursandman keling endi bxslashmasdan tadbirni davom ettirsak.
2.Boshlovchi: Bugungi tadbirni adolatli baholab borish uchun hakamlar hay’ati a’zolari bilan tanishtirib o’tsak
1.Boshlovchi: Ma’naviy va marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari F. Almuratov, Yoshlar itifoqi raisi Farrux Toshmurodov, ona-tili va adabiyot o`qituvchisi Dilbar Normurodova, Fizika va matematika metod birlashma raisi K. Shomirzayevalar
2.Boshlovchi: Guli biir tasavvur qiling-a qahramonlarimiz futbol maydonida bo’lishsa nima bo’lardi?
|