Qiziqayapsizmi, buni hozir bilib olamiz.
1.Boshlovchi: Assalomu alaykum, assalom alaykum qadrli futbol muxlislari.
2.Boshlovchi: Bugun tarixda yuz bermagan voqiya
1.Boshlovchi: Ulfa chempionlari ligasining 2018 yilgi final baxsi o’zimizning maktabda bo’lib o’tmoqda.
2.Boshlovchi: Bunda o’zimizning 2ta kuchli jamoalarimiz baxslashishadi.
1.Boshlovchi: Bular “Online Sitiy”
2.Boshlovchi: Hamda “Zukkolar” guruhi
1.Boshlovchi: Har ikkala guruh a’zolari endi birinchi shart, ya’ni “kompyuterda geometrik figuralarni chizish”
Da har ikkala guruhdan bir nafar o’quvchi 5daqiqada bajarib berishlari kerak.
2.Boshlovchi: nima deb o’ylaysiz qaysi jamoa g’olib bo’larkan.
1.B: Albatta eng kuchli jamoada
2.B: Ha to’g’ri aytasiz.
1.B: Nuqtajon-u nuqtajon, Fazilating bir jahon
Kimki bilib olsa gar, Sanab berar tez, oson
Chizganimda chizmani, Xislatini ochasan.
Qiyin shakl yasashda, Topgunimcha qochasan.
Markaz bo’lib gohida, Har yonda nur sochasan.
Ko’paytirish bo’lishni, Senla qildim ifoda.
Barcha siring bilishga, Kerak ekan iroda.
Baxtimizda bo’l omon, Yerda, suvda, havoda.
2.B: Aylanajon aylana, Men o’zingdan aylanay.
O’rtada tanho turgan, Markazingdan aylanay
Nuqtalaring terilgan, Misoli yoy egilgan.
Uzunliging doimo, “ikki pi er” deyilgan.
Markaziy burchagi bor, Turli tuman yoying bor.
Radiusini aytgin, Chizay seni keng, yo tor.
Tarang turadi toring, Yo’qdir aslo xataring.
Diametr deyilgan, Markazdagi vataring.
Doira bilan o’sding, Yo’q sira kami-ko’sting.
O’rganamiz doimo, Barcha o’quvchi do’sting.
1.B: Keling yaxshisi qahramonlarimiz shakl chizgunlaricha ajoyib musiqiy tanaffus uyushtirsak.
|