|
【24. FAR dasturi va undan foydalanish
|
bet | 10/71 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 262,89 Kb. | | #137574 |
Bog'liq 1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org【24. FAR dasturi va undan foydalanish
25. Far dasturida fayllar bilan ishlasfa
26.Far dasturida fayllarning atributlari bilan ishlash.】
Far Manager qobiq dasturi– matn rejimida ishlaydi, bu dastur Windows-95/98/Me/NT/2000/XP operatsion tizimlarida ishlash uchun mo‘ljallangan. Bu dastur uzun fayllarni qayta ishlab berish imkoniga ega. Far Manager dasturi c:\ProgramFiles\Far katalogida joylashadi. Bu dasturni asosan ishga tushuruvchi fayli far.exe bo‘ladi.
C:\ - joriy disk; Program Files – joriy diskda joylashgan katalog (papka); Far – Program Files katalogida joylashtirilgan papka (podkatalog); Far.exe – Far dasturini ishga tushuruvchi asosiy fayl.
Windows operatsion tizimida bu dasturni ishga tushurish uchun tugmasi bosiladi so‘ng yunalish yoki sichqoncha yordamida qatori tanlanadi va keyingi menyudan menyusini tanlab va so‘ngi paydo bo‘lgan menyudan esa yorliqchasini tanlab Enter yoki sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bundan tashqari Выполнить taklif qatoriga Far so‘zini terib Enter tugmachasini bosish kifoya. Far manager dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda fayllar ruyxati va ular ҳaqidagi axborotlar yozilgan qo‘sh chiziq bilan chegaralangan ikkita tug‘ri turtburchak shaklidagi oynalar paydo bo‘ladi.
Far Manager dasturida funkstional tugmalarning amallari
F1 – bajarilayotgan ish xaqida yordam chaqiruvchi.
F2 – foydalanuvchi tomonidan tuzilgan tavfsiyanoma va saqlash.
F3 – ajratilgan faylni ko‘rish va ajratilgan katalog xajmini ko‘rish.
F4 – ajratilgan faylni taxrirlash. Agar F4 tugmachasi katalog ustida bosilsa katalog atributlarini o‘zgartirish mumkin.
F5 – aktiv yoki tanlangan fayldan yoki papkadan nusxa olish. F5 tugmasi bosilganda nusxa (Копировать (Copy) olish darchasi paydo bo‘ladi. Paydo bo‘lgan darchasida Enter tugmasi bosiladi, natijada fayldan qo‘shni papkasiga nusxa olinadi.
F6 – fayl yoki katalogni ko‘chirish yoki qayta nomlash. Bu tugmaning ikkita vazifasi bor. Fayl yoki papkani qayta nomlash va ko‘chirish. F6 tugmasi bosilganda ko‘chirish/qayta nomlash (Rename/Move) (Pereimenovanie/Perenos) darcha paydo bo‘ladi. Agar ob’yektni ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz Enter tugmasi bosiladi, agar ob’yektni qayta nomlamoqchi bo‘lsangiz bunda qayta nomlash darchasidagi ya’ni qayta nomlash satrida so‘zlarni o‘chirib qayta nomalamoqchi bo‘lgan ob’yetga yangi nom kiritib Enter tugmasi bosiladi.
F7 – yangi katalog ҳosil qilish. Bu tugmacha bosilganda yangi yaratmoqchi bo‘lgan katalogning (papka) darchasi paydo bo‘ladi. Bu darchada papkaga nom kiritib Enter tugmasi bosiladi.
F8 – aktiv yoki tanlangan fayl yoki kataloglarni o‘chirish. Agar xaqiqatdan ҳam o‘chirishga ishonchingiz komil bo‘lsa удалить buyrug‘ini sichqoncha chap tugmachasi bilan bir marta chertamiz yoki Enter tugmachasini bosamiz. Agar fikrimizdan qaytsak Oтменить yoki Esc tugmachasini bosamiz
F9 – yuqori tavfsiyanomani (menyu) ochish.
F10 – Far dasturidan chiqish ya’ni ishni yakunlash.
F11-F12 – yordamchi tugmalar
Far manager dasturida yangi fayl yaratish.
Fayl papkada yangi fayl yaratish uchun Shift+F4 tugmalarini bosish kerak. So‘ng yangi faylga nom kiritish darchasi paydo bo‘ladi. Bu darchasida faylga nom va kengaytma kiritilgandan so‘ng Enter tugmasi bosiladi. Fayllar bilan ishlaganda tugmachalar quyidagicha vazifalarni bajaradi.
F2 – faylni kompyuter xotirasiga tez saqlab qolish.
Shift+F2 – faylni boshqa nom bilan saqlash.
F6 – faylni ko‘rish yoki taxrir qilish rejimiga o‘tish.
F7 – matn ichidagi so‘zni izlash.
Shift+F7 – izlashni davom ettirish.
Ctrl+F7 – so‘zni izlab va boshqa so‘zga o‘zgartirish.
F8 – Windows yoki Dos kodiga o‘tkazish.
Alt+F8 – boshqa satrga tez o‘tish.
F10 yoki ESC – fayldan chiqish.
Eslatma: Agar faylni saqlamasdan F10 yoki ESC tugmachasi bosilganda kompyuter quyidagi xabarni chiqaradi, bu xabar quyidagicha
Bu darchada yunalish tugmalardan foydalanib kerakli buyruqni tanlab Enter tugmasi
bosiladi.
Shift+F10 – faylni saklab chiqish.
Shift+←↑→↓ – so‘zni blokka olish.
Ctrl+A – barcha so‘zlarni blokka olish.
Shift+Delete – blokni o‘chirish.
Ctrl+C yoki Ctrl+Insert – blokdan almashuv buferiga nusxa olish.
Ctrl+V yoki Shift+Insert – kursor turgan joyga almashuv buferidan kuyish.
Ctrl+Y – kursor pozistiyasidan satrni o‘chirish.
Ctrl+T – o‘ng tomondan so‘zni o‘chirish.
Fayllarni to‘plamga kiritish
Biror faylni tanlash (ya’ni to‘plamga kiritish uchun) shu faylni ajratib - kursorni uning ustiga keltirib va [Insert] tugmasini bosish kerak. Agar [Insert] tugmasi takroran bosilsa, tanlash bekor kilinadi.
Biror umumiy belgisiga ko‘ra fayllar to‘plamini tanlash uchun klaviaturaning ung qismidagi [+] tugmasi bosiladi va shu umumiy belgi kiritiladi, so‘ngra [Enter] tugmasi bosiladi.
Umumiy belgisiga ko‘ra fayllarni tanlashni bekor qilish uchun klaviaturaning ung qismidagi [-] tugmasi bosiladi va umumiy belgi kiritiladi, so‘ngra [Enter] tugmasi bosiladi. Tanlangan fayl (fayl to‘plami) ekranda sariq rangda ko‘rinadi. Qora ok displeyda esa ravshanroq bo‘lib ko‘rinadi. Ekranning quyi qismida esa tanlangan fayllar soni va ularning xotirada egallagan xajmi xaqidagi axborot chiqadi. To‘plamga kiritish umumiy belgilar:
*.* – barcha fayllarni to‘plamga kiritish.
*.faylning kengaytma nomi – faylning kengaytma nomiga qarab fayllar to‘plamga kiritiladi (mas
??o*.* – uchinsi [o] xarf bilan boshlangan barcha kengaytmali fayllarni to‘plamga kiritish. U xolda katalogdagi barcha fayllar to‘plamga kiritiladi. Tanlangan fayllar to‘plami ustida maxsus tugmalardan foydalanib, quyidagi amallarni bajarish mumkin:
[F5] - nusxasini boshqa katalogga ko‘chirish;
[F6] - boshqa katalogga ko‘chirish yoki qayta nomlash;
[F8] – o‘chirish.
Boshqa katalokka tez o‘tish.
Bir diskdagi bir katalogdan boshqasiga o‘tish uchun [Alt+F10] tugmalarini bosish kerak. Natijada ekranda diskdagi kataloglar shaxobchasi namoyon bo‘ladi. Yunalish tugmalar bilan foydalanib kerakli katalogni tanlab [Enter] tugmasi bosilganda avtomatik ravishda tanlangan katalokga kursor o‘tib boradi. Katalog shaxobchasi oynasida katalogni tez topish uchun [Поиск] satrida katalogning birinchi ya’ni bosh xariflari kiritilganda kursor bu katalogni ajratib qo‘yadi. Agar bir xil katoglar bo‘lsa bunda [Ctrl+Enter] tugmalar yordamida keyingi katalokga o‘tish mumkin.
Boshqa diskka o‘tish.
Disklar ruyxatini chap oynaga chiqarish uchun [Alt+F1] tugmalari bosiladi, o‘ng oynaga chiqarish uchun esa [Alt+F2] tugmalari bosiladi. So‘ngra yunalish tugmalari yordamida kerakli diskni ajratib [Enter] tugmasini bosish kerak.
Fayllarga atribut o‘rnatish.
Ajratilgan yoki to‘plamga kirgan fayllarga atribut o‘rnatish uchun [Ctrl+A] tugmalari yoki yukori tavfsiyanomadagi «Файл» bo‘limini tanlab ochilgan menyudagi «Атрибуты файлов» katorini tanlab [Enter] tumasi bosiladi.
|
| |