|
Fayl va disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar. Windows (Total). Total Commander
|
bet | 12/71 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 262,89 Kb. | | #137574 |
Bog'liq 1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org28. Fayl va disklarga xizmat ko'rsatuvchi dasturlar. Windows (Total). Total Commander (oldingi nomi Windows Commander) — Christian Ghisler tomonidan ishlab chiqilgan Windows, Windows Phone, Windows Mobile/Windows CEL va Android uchun fayl boshqaruvchi[2]. Dastur ikki asosi oynaga ajralgan va quyi qismida tezkor buyruqlar tugmalari mavjud. Windows muhiti Microsoft firmasi tomonidan IBM PC kompyuteri turidagi kompyuterlar uchun maxsus yaratilgan dastur bo‘lib, uning kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan imkoniyatlari mavjud. Dastur yordamida NC dasturi kabi fayl va katalog yaratish, nusxa olish, qayta nomlash, o‘chirish, matnli fayllar chop qilish, bir vaqtda bir nechta katolog va fayllar majmuasi bilan yakqol grafik rejimda ishlash mumkin. Shu bois undan ayni vaqtda millionlab foydalanuvchilar o‘z amaliy ish faoliyatida foydalanmoqdalar. Microsoft firmasi garchand WINDOWS dasturini dastlab 1983 yilda yaratgan bo‘lsada, yildan yilga uni takomillashtirmoqdalar. Dastlab, Windows 3.1 – Windows – 3.11 versiyalari, 1995 yilda Windows-95, oradan uch yil o‘tib Windows-98 versiyalari butun jahonga, xususan O‘zbekiston Respublikamizga ham kirib keldi. Bundan bir necha yil avval Windows-2000 versiyasi yaratildi va olam yuzini ko‘rdi. Respublikamizda ayni vaqtda oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari o‘quv jarayonidan Windows-2000, Windows millineum, Windows XP versiyalari qo‘llanilmoqda. Shu bois, biz barcha Windows dasturlari uchun yagona umumiy ma’lumotlar xususida qisqacha ma’lumot beramiz. WINDOWS Operatsion sistemasida ishlayotgan foydalanuvchi o‘ziga kerakli programmani tezda topishi va xokazo imkoniyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan WINDOWS COMMANDER OS qobig‘idan foydalansa maqsadga mufoviq bo‘ladi.
Keyingi yillarda Peter Norton Computing tomonidan yaratilgan Norton Commander (NC) qobiq dasturi o‘rnida Windows (Total) Commander dasturi ommaviy ravishda keng miqyosda qo‘llanila boshladi. Chunki bu dastur yordamida Windows muhitida foydalanuvchilar osonlikcha fayl va kataloglar yaratish qayta nomlash, nusxa olish, o‘chirish kabi bir qator ishlarni tez va soz bajara oladilar.
Windows (Total) Commander dasturida quyidagicha ishlarni amalga oshirish mumkin:
1. Windows (Total) Commander ni yuklash .
2. Windows (Total) Commander da yordam olish.
3. Fayl yaratish, unga ma’lumot yozish va diskka yozish.
4. Fayl mazmunini ko‘rish.
5. Faylni tahrir qilish.
6. Faylni nusxalash bir nechta faylni bir vaqtda nusxalash.
7. Faylni qayta nomlash, chop qilish.
8. Faylni o‘chirish.
9. Katalog yaratish.
10. Katalogga kirish va undan chiqish.
11. Katalogni qayta nomlash.
12. Katalogni o‘chirish.
13. Darchada katalog daraxtini ko‘rish boshqa diskka o‘tish.
14. O‘ng yoki chap darchaga disk mundarijasini chiqarish.
15. Darchalar bilan ishlash, ular o‘rnini almashtirish, chap yoki o‘ng darchani olib tashlash, bir darchadan boshqa darchaga o‘tish.
16. Diskdan faylni tez qidirib topish .
17. Diskdagi bo’sh joyni aniqlash.
18. Fayllar guruhini tashkil etilgan sanasi, hajmi, alifbo bo’yicha nomi bilan saralash va hokazo.
19. Total Commander ning boshqa menyu buyruqlari bilan ishlash.
20. Windows (Total) Commander dan chiqish.
|
| |