• 33.Fayllarni arxivlash sxemasini yozing. WinRAR for Windows dasturining oynasi
  • 34. Fayllarni arxivlash va uni ochish usulini yozing.
  • Fayllarni arxivlash dasturlari va asoslari (misollar bilan)




    Download 262,89 Kb.
    bet15/71
    Sana15.01.2024
    Hajmi262,89 Kb.
    #137574
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
    Bog'liq
    1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org

    32.Fayllarni arxivlash dasturlari va asoslari (misollar bilan).
    Kompyuter qanchalik zamonaviy bo'lmasin, undagi bo'sh joy bir kun kelib to'lib qoladi. Bunday holatda, albatta yangi hajmi ko'proq qattiq disk (vinchester) o'rnatish kerak. Lekin bunga moliyaviy imkoniyat bo'lmasa, bir xil fayllarni vaqtincha ishlatmaslik yoki virusdan himoyalash uchun ularni maxsus arxiv fayllariga joylashtirish bu muammoni yechimi hisoblanadi. Arxivator-dasturlar har xil: Zip, RAR, Arj va hokazo. Ularning har bir operatsion tizimga mo'ljallangan versiyalari ham mavjud.
    Windows operatsion sistemasida keng foydalaniladigan arxivatorlar bu: WinZIP, WinRAR, ZipMagic va boshqalar.
    Biz ko'rib chiqadigan arxivator bu WinRAR arxivatori. U juda ko'p imkoniyatlarni beradi: fayllar va kataloglarni arxivga joylashtirish, arxivdan chiqarish, arxivni tekshirish, arxivni yangilash, o'zi ochiladigan (SFX) arxivlarni yaratish, bir nechta qismga parchalangan ko'p jildli (qismli) arxivlarni yaratish, ularni shikastlanishdan himoyalash va xokazo.
    33.Fayllarni arxivlash sxemasini yozing.


    WinRAR for Windows dasturining oynasi:
    Bu dasturga kirgandan keyin maxsus oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kataloglar va fayllar ro'yxati chiqadi. Biz bu ro'yxatdan kerakli katalog yoki fayllarni belgilab, sichqonning o'ng tugmasini bosish yoki Commands menyusi orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin.
    Faylni arxivga joylashtirish:
    1) Kerakli faylni topamiz va Farmoishlar (Commands) menyusidan fayllarni arxivga qo'shish (Add files to Archive) farmoishini tanlaymiz.
    2) Maxsus oyna hosil bo'lganidan keyin, u yerda yaratiladigan arxiv nomi, uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi va boshqalar ko'rsatiladi.
    34. Fayllarni arxivlash va uni ochish usulini yozing.
    Update mode - arxivlanish rejimini o'rnatish: yangi arxiv, arxiv tarkibini yangilash va boshqalar;
    - Archiving options - arxivning parametrlarini o'rnatish;
    - Solid archive - uzluksiz arxiv;
    - SFX archive - o'z-o'zidan ochiladigan arxiv fayl yaratiladi; uni ochish uchun arxivatorga kirish shart emas, uning kengaytmasi "EXE" bo'ladi;
    - Multimedia compression - multimedia fayllarini oddiylarga nisbatan 30% ga ixcham qilib arxivlash;
    - Put recovery record - shikastlanishdan himoyalash yozuvini qo'shish;
    - Compression - arxivlanish tartibini o'rnatish: Fast - tez, Normal - oddiy, Good - o'rtacha, Best - sekin lekin eng yaxshi;
    - Dictionary size - maxsus arxiv to'g'risida yoziladigan kutubxona hajmini ko'rsatish, unda arxivning ichidagi fayllar soni, hajmi va boshqalar saqlanadi;
    - Volume size - ko'p qismli arxiv yaratilganida uning qismlari hajmini ko'rsatish;
    - Delete files after archiving - fayllarni arxivga joylashtirgandan keyin ularning asl nusxasini o'chirish.
    WinRAR arxivatori o'zi yaratadigan arxiv fayllarini parol yordamida himoyalash imkoniyatiga ega. Buning uchun klaviaturadagi CTRL+P tugmasini bosib, maxsus oynada kerakli parolni ikki marta kiritish kerak. Bundan keyin arxivni faqat parol yordamida ochish mumkin.

    Download 262,89 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




    Download 262,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fayllarni arxivlash dasturlari va asoslari (misollar bilan)

    Download 262,89 Kb.