|
Operatsion sistemalar va ularning turlari
|
bet | 45/71 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 262,89 Kb. | | #137574 |
Bog'liq 1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org94. Operatsion sistemalar va ularning turlari.
Operatsion sistemalar - kompyuter va foydalanuvchi o'rtasida muloqot o'rnatish, kompyuterni va dasturlarni ishini boshqarish uchun mo'ljallangan.
Operatsion sistemalarning turi ko‘p bo‘lib, quyidagilarni misol qilish mumkin: CP/M, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, LINUX, WARP, WINDOWS, UNIX, MACHINTOSH.
Operatsion sistemaning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
• MS-DOS -16 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
• CP/M – 8 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
• UNIX – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
• Windows 95, 97,…, XP – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun.
95.Operatsion sistemalarning tarixi.
Dastlabki "operatsion sistema” 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o‘qish uchun oddiy amallar yig‘indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya’ni, 50-yillarning o‘rtalarida, "operatsion sistema” dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni jamlash va resurslarga taqsimlash uchun xizmat qilgan bo‘lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket taqsimlashga asoslangan dastlabki "operatsion sistemalar” paydo bo‘ldi. IBM firmasi va MICROSOFT (Pol Allen va Bill Geyts) firmasi kompyuterlarida 1981 yildan boshlab MS-DOS operatsion sistemasi qo‘llanilib kelinmoqda. MS-DOS operatsion sistemasini takomillashtirib borib 1995 yilgacha MS-DOS 1.0 dan to MS-DOS 6.22 gacha bo‘lgan avlod (versiya)lari yaratildi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amerikalik dasturchi Piter Norton tomonidan Norton Commander qobiq dasturi yaratildi. Bu qobiq dasturdan MS-DOS operatsion sistemasi asosida ishlaydigan juda ko‘p kompyuterlarda foydalanib kelindi.
DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System - Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi; tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir. Linux operatsion (amaliy) tizimi. O’zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra tarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo’llanadi. UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi.
WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.
|
| |