|
Operatsion tizimlarning turlari, operatsion tizimlarning tarixi
|
bet | 47/71 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 262,89 Kb. | | #137574 |
Bog'liq 1-savol Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari-fayllar.org98. Operatsion tizimlarning turlari, operatsion tizimlarning tarixi.
Operatsion sistemalarning turi ko‘p bo‘lib, quyidagilarni misol qilish mumkin: CP/M, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, LINUX, WARP, WINDOWS, UNIX, MACHINTOSH.
DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System - Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan.
Linux operatsion (amaliy) tizimi. O’zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra tarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo’llanadi.
UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi.
WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.
99. Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari, sinflari va turlari.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
- fayl tizimini boshqarish (yozish, o’zgartish, fayllardan nusxa ko’chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
- dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta‟sirni tutib olishvah.q.);
- xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
-foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o’qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.)kiradi.
Operatsion tizim funksiyalari. Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi. Fizik resurslarga:
xotira;
vinchester;
monitor;
tashqi qurilmalar va shu kabilar kiradi.
Dasturiy resurslar bu:
kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
drayverlar;
virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari.
|
| |