|
1-seminar mavzu: Pedagogik kompetentlikning tuzilishi va mohiyati
|
bet | 3/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #140381 |
Bog'liq 1-SEMINARmetodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jixatdan oqilona tashkil etish, ta’lim eki tarbiyaviy faoliyat shakllarini tugri belgilash, metod va vositalarni maqsadgamuvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo’llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo’llash;
informatsion kompetentlik - axborot muxitida zarur, muxim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yigish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, urinli, samarali foydalanish;
kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
innovatsion kompetentlik - pedagogik jaraenni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
kommunikativ kompetentlik - ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bulish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir kursata olish.
Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy usishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgor texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chivdan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri xarakatlanish malakasiga egalik
Ko‘z oldingizga ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli tarzda jo‘shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o‘qituvchini keltiring. U, garchi, o‘zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-a, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor bo‘lishlariga erishmoqda. O‘qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko‘p foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi. Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishida fan sifatida pedagogik kompetentlikda muhim o‘rin tutadi. Har qanday fan kabi “Pedagogik kompetentlik” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi”. Pedagogik kompetentlik” fanining maqsadi pedagogning kompetentligini oshirish, pedagogik jarayondagi shaxsni kreativ o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat.
Pedagogik kompetentlik muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat:
1) ta’lim mazmuni, o‘quv rejalari va dasturlarini saralash;
2) o‘quv moduli (fani)ni o‘qitishning taktika va strategiyalarini belgilash;
3) mos psixologik-pedagogik tashxis vositalarini tanlash;
4) ta’lim oluvchilarning kreativ rivojlanishini bashoratlash;
5) kreativ shaxsni shakllantirishning boshqaruv tizimini ishlab chiqish
6) pedagogikning kompetentligini yuzaga chiqarish.
|
| |