|
Kasbiy kompetentlik kuyidagi xolatlarda yaqqol namoyon bo’ladi
|
bet | 2/4 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 53,71 Kb. | | #140381 |
Bog'liq 1-SEMINARKasbiy kompetentlik kuyidagi xolatlarda yaqqol namoyon bo’ladi:
murakkab jarayonlarda;
noaniq vazifalarni bajarishda;
bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;
kutilmagan vaziyatda xarakat rejasiga ega bo’la olishda
Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:
o’z bilimlarini izchil boyitib boradi;
yangi axborotlarni o’zlashtiradi;
davr talablarini chuqur anglaydi;
yangi bilimlarni izlab topadi;
ularni qayta ishlaydi va o’z amaliy faoliyatida samarali qo’llaydi
Kasbiy kompetentlik sifatlari. Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:
Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning moxiyati qisqacha yoritiladi.
Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko’rsatish ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan mulokotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona xal qilish, faoliyati natijalarini real baxolash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo’lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular O‘z ichida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
psixologik kompetentlik - pedagogik jaraenda sog’lom psixologik muxitni yarata olish, talabalar va ta’lim jaraenining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni O‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;
|
| |