|
Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlashBog'liq 1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti44. Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash
Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi
tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan
hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – kompyuterning hamma
bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir (2.1-rasm).
Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini,
masalan, qanday protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda
protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi.
Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash
chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi,
turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli
platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini
quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi
shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud
slotlar miqdoriga bog‘liqdir.
45. Ona plataning chipsetlari bilan tanishish
Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata
ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin,
ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam
orasida
mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro
ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqa
metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda
Gigabyte kompaniyasi ishlab
chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata
elektronikasining an’anaviy qurish
tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira
moduli va tashqi qurilmalar orasida
chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar
orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda
protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga
uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan
axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun
bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa
Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi
(2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita
ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini
oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan
boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik
nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini
(PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti
keng tarqaldi.
|
| |