• Elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni loyihalashni umumiy holatlari.
  • 1-tajriba ishi Integral mikrosxemalarini o’rganish Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari




    Download 4.46 Mb.
    bet4/10
    Sana08.02.2023
    Hajmi4.46 Mb.
    #41539
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Tajriba Elektronika 4 kurs sirtqi (2)
    Улчов бланка, Yusuf saryomiy va tasavvuf adabiyoti, Aziza rezume, 9-Mavzu O’tkir zaharlanishlar va ularga qarshi chora tadbirlar., 5,6,7,8,10-sinf test informatika, 11-klass informatika 1-4 sherek testleri, 10-klass informatika 1-4 sherek testleri, 8-klass informatika 1-4 shereklik test, 9-klass informatika 1-4 sherek test, 8-klass informatika 1-4 shereklik test, 9-klass informatika 1-4 sherek test, 10-klass informatika 1-4 sherek testleri, 11-klass informatika 1-4 sherek testleri, 5-synp
    Katta integral mikrosxema – deb ko`p sonli bir turli yacheykalardan tashkil topgan ko`p o`lchamli yarimo`tkazgichli qurilmaga aytiladi. U murakkab funksiaonal sxemaga birlashgan bo`ladi.
    Hozirgi kunda ishlab chiqarayotgan katta integral mikrosxemalar (KIMS) 10 ming va undan ortiq mantiq elementlaridan tashkil topadi.
    Barcha KIMS lar uch sinfga bo`linadi.

    1. hisoblagichlar, rezistorlar, jamlagichlar, arifmetik-mantiq qurilmalari tipidagi funksional bloklar:

    2. xotira qurilmalari (XQ):

    3. mikroprosessorlar (MP).

    Dastlabki KIMS lar MDP (metall dielektrik poluprovodnik lar) struktura asosida qurilgan. Hozirgi kunda KIMS element bazasiga bipolyar strukturalar ham kiradi.
    Elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni loyihalashni umumiy holatlari.
    To`g`ri elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni strukturaviy va prinspial elektr sxemalari ularni ishlash prinsplarini taxlil qilishga o`rgatadi. Ammo bu elektr sxemalar elektrik va yarimo`tkazgichli qurilmalarni konstruksiyasini belgilay olmaydi, balki ularni tuzish uchun asos bo`la oladi holos. Bunday qurilmalarni loyihalashni asosiy prinsplari haqida tushunchalar ularni ishlab chiqarishdagina emas. Balki ulardan foydalanish uchun ham kerak bo`ladi. Elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni elementlari aktiv va passiv bo`linadi.
    Aktiv elementlarga quyidagilar kiradi: yarimo`tkazgichli va elektrovakuum asboblar.
    Passiv elementlarga esa: rezistorlar, kondensatorlar, transformatorlar, induktivlik g`altaklari, rele, ulagichlar, indikatorlar, sim va kabellar.
    Qurilma elementlari optimal holatda joylashtirilishi va mahkamlanishi lozim, bir brilari bilan prinspial sxema asosida ulanishi kerak.
    Zamonaviy elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni ko`pchilik qismi bosma platalarga joylashtirilgan. Bunday platalar dielektrik asos hisoblanib teshiklari mavjud va chizmalar ko`rsatilgan. 0,3-1,5 mm diametrda hosil qilingan teshiklar osma elementlar (integral sxemalar, tranzistorlar, rezistorlar, kondensatorlar)ni joylashtirish, bosma platani mahkamlash hamda teskari tomonda joylashtirilgan elementlarni ulash uchun ishlatiladi. Teshik devorlari metallashtiriladi.
    Osma elementlarni uchlari teshiklarda qalaylanadi, chunki ularga bosim simlar kelgan.Shunday qilib bosma uzel (tugun) hosil qilinadi.
    Bosma platalarni yuzasini qisqartirish uchun ko`pqatlamli platalar (KQP) qo`llaniladi, ular almshinuvchi dielektrik qatlamlardan tuzilgan bo`ladi. KQP qatlamlarda bosma simlarni taqsimlanishi bosma platalarni o`lchamlarini keskin qisqartirishga olib keladi, bu narsa ko`p chiqishlarga ega bo`lgan mikrosxemalardan foydalaniladi.
    Elektron va yarimo`tkazgichli qurilmalar (EYAK) ni loyihalash va ishlatishda agregatlashtirishni qo`llash katta foyda beradi. Agregatlashtirish-o`zaro almashtiriladigan uzel va bloklardan tuzilgan apparatlarni konpanovkalash usulidir.
    Agregatlashgan komplekslarni tuzishda unga kirgan barcha uzel va bloklarni to`la elektrik va konstruktiv almashinishi ko`zda tutiladi. Asosiy tipoviy bloklar va subbloklar unifikasiyalashtirilgan, bu holat yangi apparaturalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tadbiq etish vaqtini keskin qisqartiradi. Agregatli komplekslarga standart o`lchamlarga ega bo`lgan konstruktiv elementlar yig`masi kiradi.
    Agregatli komplekslar nomentklaturasi shunday tuziladiki, nisbatan oz bloklar yig`indisini ma`lum soniida turli murakkablikka vazifaga ega bo`lgan qurilma va sistemalar ko`rish mumkin bo`lsin. Agregat kompleksiga misol qilib emirilmaydigannazorat qurilmasi kompleksini olish mumkin.Uni tarkibiga mashina, belgilangan cjastota generatori, analog-diskret o`zgartirgich va bir kanalli o`zi yozar rezistorlar subbloklari hamda bazi bir boshqa bloklar kiradi.
    Elk\ektron va yarimo`tkazgichli qurilmalarni konstruktiv bajarilishi juda hilma hil va ularni vajifalari ishlatilish sohasi bilan aniqlanadi. Maslan stasionar sharoitlarda ishlash uchun mo`ljallangan elektron apparaturani samoliot bortiga yoki kosmik kemada ishlatiladihan apparaturadan farqi katta.
    Hulosa qilib shuni aytish mumkinki: hozirgi kunda elektron, yarimo`tkazgichli hamda elektromagnitlar asosida turli qurilmalar, avtomatlashtirilgan sanoat robotlari va manipulyatorlar tuzilmoqda. Ular yordamida tehnologik jarayonlarni boshqarish, nazorat va axborot sistemalari takomillashmoqda.
    IMS ni loyihalash jarayonida asosiy elementlarning parametrlari aniqlanib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararli sig’im va oquvchanlik toklarining oldini olish choralari ko’rib chiqiladi. IMS loyihalashda bir yo’la bir necha element hosil qilinishi sababli ularning texnologiyaviy parametrlari birgalikda hisobga olinishi kerak, ya’ni ularning geometrik o’lchamlari, diffuziya jarayonlarining harorati, elementlarning kristallda joylashish topologiyasi o’zaro bog’liq holda loyihalanishi lozim.
    IMS loyihalashning o’ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat:

    1. Hozirda IMS lar EHM larda loyihalanadi. Buning afzalligi shundaki, bunda maket-prototip tayyorlash zarurati bo’lmaydi. Deyarli barcha texnologiyaviy jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Boshqacha qilib aytganda, berilgan xarakteristikalarga ega bo’lgan IMS ni yaratish va uning parametrlarini nazorat qilishni modellashtirish mumkin.

    2. IMS da deyarli hamma elementlar o’rnida aktiv elementlar ishlatiladi. Masalan, diod o’rnida bipolyar tranzistorning p-n o’tishlaridan biri ishlatilishi mumkin.

    3. IMS loyihalash jarayonida issiqlik turg’unligini, kam quvvat sarfini ta’minlash imkoniyatlari mavjud.

    4. Hozirgi kunda IMS lar yaratish,ularning parametrlarini nazorat qilish hamda tarkibiy va elektr sxemalarini modellashtirishning katta dasturiy bazasi yaratilgan bo’lib, bu yanada murakkabroq va mukammalroq IMS lar yaratish imkonini beradi.



    Download 4.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 4.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-tajriba ishi Integral mikrosxemalarini o’rganish Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari

    Download 4.46 Mb.