bo‘ladi. Ular ketma – ket tartibda va kompleks amalga oshirilishi kerak. Bunday o‘qitishda
muammoli vaziyatni yaratish muhim bosqich hisoblanadi, chunki mazkur jarayonda fikrlash
jarayonida qiyinchilik his qilinadi.
Muammoli o‘qitishda muammoni ilgari surish
dastlabki bosqich hisoblanadi. Muammoni
hal
etishning keyingi bosqichida ta’lim oluvchilar berilayotgan savol bo‘yicha mavjud
muammoni aniqlaydilar, tahlil qiladilar, javob topish uchun ularning yetarli emasligini aniqlaydilar
va yetishmayotgan axborotni topishga intiladilar.
Uchinchi bosqich muammoni yechish uchun
zarur bo‘lgan bilimlarni turli usullar bilan egallashga qaratilgan faoliyat bo‘lib, u ta’lim oluvchida
mustaqil fikr shakllanishi orqali aniqlanadi. Shundan keyin muammoni hal etish, olingan
natijalarni
tekshirish, dastlabki gipoteza bilan solishtirish, egallangan bilimlar,
malakalarni
tizimlashtirish va umumlashtirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Muammoli topshiriqlar savollar, o‘quv masalalari, amaliy vaziyatlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Muammoli savolda javoblar izlash turli variantlarda bo‘lishi mumkin.
Muammoli masala esa uni yechish yo‘llarini mustaqil izlashga intilishni yuzaga keltiruvchi
o‘quv – o‘rganish topshirig‘idir. Muammoli masala asosini mavjud bilimlar o‘rtasidagi qarama –
qarshiliklar tashkil etadi.
O‘qish jarayonida muammoli vaziyat sub’ekt (ta’lim oluvchi) o‘zi uchun qiyin bo‘lgan
masalani
yechishga qiziqishi, ammo unga ma’lumotlar yetishmasligi va uning o‘zi ularni izlab
topishi zarurligini ko‘zda tutiladi.