|
Muammoli o‘qitishning afzalliklariBog'liq Talim shakliMuammoli o‘qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida
bilimlarni mustahkam egallash, o‘qishga qiziqishni uyg‘otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni
rivojlantirish, o‘qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari ta’lim
oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo‘yish va hal etish
uchun ko‘p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har
bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Dasturiy ta’lim (Dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma – ketligi tizimini
ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi “dastur” terminidan
kelib chiqadi.
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo‘lib, uning yordamida ta’lim
oluvchilarga ta’lim – tarbiya berishda o‘quv rejasi va dasturlarini og‘ishmay amalga oshirilishida
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
|
| |