• Dogmatik o‘qitish
  • “Haqiqiy g‘oyalar”
  • 1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi




    Download 281,08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/4
    Sana29.12.2023
    Hajmi281,08 Kb.
    #129050
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Talim shakli

    javob topish metodi hisoblanadi. Bu metod fanda suqrotcha suhbat metodi nomini olgan. Bu 
    metodning mazmun – mohiyati quyidagicha bo‘ladi, ya’ni bunda eng avval o‘qituvchi o‘z 
    o‘quvchisida qiziqish yo‘nalishini va bilishga intilishini o‘yg‘otadigan savollardan foydalanilgan
    keyin esa mulohaza yuritish asosida o‘quvchini voqea – hodisalarning mohiyatini idrok etishga 
    undagan. Demak, suqrotcha suhbat metodida qiziqishdan bilishga, bilishdan idrok etishga qarab 
    induktiv metod asosidagi faoliyat dinamikasi shakllantirilgan. Mazkur jarayonda o‘qituvchining 
    mulohazasi ko‘pincha ritorik savollarni muhokama qilish bilan to‘ldirib turilgan. Suqrotcha 
    suhbatlar bir yoki bir necha o‘quvchilar ishtirokida tashkil etiladi.
    Dogmatik o‘qitish – bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo‘lib, u o‘rta asrlarda 
    keng tarqalgan. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada ularning ilk ko‘rinishlari iste’molda bo‘lib, unda 
    lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o‘rin tutgan. Bu borada musulmon 
    pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajadagi ma’naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga 
    hamda mazmun – mohiyatga ega bo‘lgan. Ularning g‘oyalari bo‘yicha o‘z faoliyatlarida 
    bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan 
    hukumiy fikr shakllangan.


    “Haqiqiy g‘oyalar” deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy 
    bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat bo‘lgan. Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma” va “Bilimlar 
    kitobi” nomli asarlarida ham mazkur muammo yechimiga alohida e’tibor qaratilgan. Ularda 
    ta’kidlanishicha haqiqiy bilimlarni o‘zlashtirishga ikkita to‘siq halaqit qiladi. Ular: so‘zlarning 
    aniq emasligi; fikrlarning tushunarli emasligi. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etishda logika 
    fani yutuqlari va ulardan iste’molda foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Musulmon mamlakatlarida yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashda ular tomondan arab tilida 
    yozilgan “Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni yod olinishi bilim egallashning asosiy sharti 
    hisoblangan. Bulardan tashqari o‘sha paytda bir qator maktablarda fors tili ham o‘rgatilgan. 
    Yoshlar asosiy ta’limni maktablar – boshlang‘ich maktabdan olganlar va unda ilohiy va muqaddas 
    kitobni (“Qur’oni Karim”ni va “Hadisi Sharif”ni) o‘qish, yodlash va talqin qilish mashg‘ulotlari, 
    shuningdek, boshqa manbalar bo‘yicha ham o‘qish, yozish va hisoblash tafakkurini shakllantirish 
    faoliyatlari amalga oshirilgan.
    Demak, dogmatik o‘qitishda yoshlarning asosiy faoliyatlarini tinglash, o‘qish, yod olish, 
    eslab qolish va matnni so‘zma – so‘z takrorlashlar tashkil etgan.
    Yoshlarning oliy ma’lumot olishi o‘sha davrlardagi nufuzli madrasalarda amalga oshirilgan. 
    Movarounnahrdagi eng yirik o‘quv maskanlari sirasiga Samarqand, Buxoro, Urganch va 
    G‘ijduvondagi madrasalarni kiritish mumkin. Bu ma’rifiy markazlarining rivojlanishi XV – XVII 
    asrlarga to‘g‘ri keldi. Madrasalarda, o‘qitish fors tilida olib borilgan. Ularda ta’lim oluvchilar 
    majburiy tarzda arab tilini ham o‘rganganlar.
    Madrasalar o‘quv rejasiga grammatika, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, ritorika, logika, 
    metafizika, geologiya, adabiyot, ilmi hujum, huquqshunoslik, riyoziyot, handasa, jug‘rofiya va shu 
    kabi fanlar kirgan. O‘qitish asosan og‘zaki shaklda olib borilgan. Ulardagi o‘quv adabiyotlari asta 
    – sekin ancha ko‘p qirrali, turli – tuman bo‘lib boravergan.
    Dogmatik o‘qitish o‘rniga asta – sekin o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikni keng jalb etish 
    natijasida tushuntirish, tushuntirish – namoyish etish kabi ta’lim shakllari qo‘llanila boshlandi.
    Hozirgi vaqtda, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida 
    ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
    • 

    Download 281,08 Kb.
    1   2   3   4




    Download 281,08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Ta’lim turlari (illyustrativ, muammoli, dasturlashtirilgan ta’lim) va shakllarining tavsifi

    Download 281,08 Kb.
    Pdf ko'rish