|
O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirishga mo’ljallangan chora tadbirlar
|
bet | 5/6 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 36,92 Kb. | | #160066 |
Bog'liq Iqtisodiyit oraliq ish k doston (5)2.O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oshirishga mo’ljallangan chora tadbirlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy oʻzgarishlar amalga oshirildi, xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, maʼmuriy toʻsiqlar bartaraf etildi, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va toʻlovning bozor mexanizmi joriy qilindi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15 foizdan yuqori boʻlgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirish imkoniyati berildi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real oʻsish surʼatlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish surʼatlariga muvofiq emasligini koʻrsatmoqda.
Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega boʻlgan tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli oʻsishini taʼminlashga toʻsqinlik qilmoqda. Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud boʻlgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni taʼminlovchi afzalliklardan toʻliq hajmda foydalanilmayapti;
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayapti; toʻrtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish boʻyicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni koʻrsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
|
| |