• Blokirovkalash qurilmalari.
  • 1. Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar




    Download 377.1 Kb.
    bet6/8
    Sana13.09.2022
    Hajmi377.1 Kb.
    #25874
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar Mehnat xavfsiz fayllar

    Masofadan boshqarish. Texnologik jarayonlarni masofadan boshqarish mehnat xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega, chunki bunda ishchining bevosita xavfli zonada bo’lmasligi ta’minlanadi.
    Ishlab chiqarish jarayonining yaqinida insonni bo’lishi qiyin yoki mumkin bo’lmaganda jarayonni masofadan boshqarish usuli qo’llaniladi. Bunda uskunalarga xizmat qiluvchi ishchining (opyerator) xavfli zonada etarlicha masofaga uzoqda bo’lishi ta’minlanadi.
    Masofadan boshqarish zamonaviy chorvachilik komplekslarida (ozuqa tayyorlash, gungni chiqarish va boshqalarda), oson alangalanadigan yoki toksik moddalar bilan (bo’yoq ishlari, urug’larni zararlash va boshqa.), ishlaganda, bug’li quritgichlarda, mevalarni quritish uskunalarida idishlarni bug’lashda va boshqa joylarda qo’llaniladi.
    O’zining ta’sir etish prinsipi bo’yicha masofadan boshqarishning quyidagi sistemalari mavjud:
    1. mexanik;
    2. gidravlik;
    3. pnevmatik;
    4. elektron;
    5. kombinasiyalashgan.
    Mexanik boshqarish uskunalar boshqarish pultidan uncha uzoq bo’lmagan masofada joylashganda qo’llaniladi. Agar boshqarish etarlicha uzoqlikdan amalga oshirilishikerak bo’lsa boshqarishning boshqa sistemalaridan foydalaniladi.
    Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarni o’ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to’siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi. Blokirovka - bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi.
    Ko’pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to’liq ta’minlanmaydi. CHunki, ko’pgina baxtsiz hodisalar ishchining e’tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi.
    Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o’t oldirishda uzatmalar quttisi ajratilgan holda bo’lishi shart, aks holda turli ko’rinishdagi kungilsiz voqealar sodir bo’lishi mumkin.
    Xuddi shuningdek, mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalardagi himoya kojuxlari ma’lum sabablarga ko’ra echilib so’ngra e’tiborsizlik tufayli o’z joyiga o’rnatilmay qolishi ularni ishlash vaqtida ma’lum xavfli zonalarini keltirib chiqarish mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday salbiy holatlarini oldini olish maqsadida ishlatiladi va har xil mashina va mexanizmlardan foydalanishda xavfsizlikni oshiradi. Masalan, mashina va mexanizmlar korpusining himoya kojuxi o’rnatiladigan joyiga maxsus kontaktlar o’rnatilib himoya kojuxi echib olinganda kontaktlar elektr ta’minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo’shilganda mashina yoki mexanizm ishga tushmaydi. Himoya kojuxi joyiga qayta o’rnatilganda kontakt qo’shiladi va elektr ta’minoti ulanadi. Ana shu kabi qurilmalarni mashina va traktorlarga o’rnatish mumkinki, natijada uzatmalar quttisi qo’shilgan vaqtda ularning dvigatellari o’t olmaydi.



    Download 377.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 377.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar

    Download 377.1 Kb.