• 2. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar
  • Ishlab chiqarish uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari




    Download 377.1 Kb.
    bet3/8
    Sana13.09.2022
    Hajmi377.1 Kb.
    #25874
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 Texnika xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotlar Mehnat xavfsiz fayllar

    Ishlab chiqarish uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish uskunalarga, mashina va mexanizmlarga mehnat sharoiti va ularning elementlari, uskunalar konstruksiyalarini hisobga olgan holda, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfli va zararli omillar manbaini aniqlashdan so’ng, xavfsizlik talablari belgilanadi.
    Mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan uskunalarga qo’yilgan asosiy talablarga: odamlar sog’ligi va hayoti uchun xavfsizlik hamda ularni ishlatishda ishonchlilik va qulayliklar kiradi.
    Uskunalarni ishlatishda mikroiqlimning o’zgarishi, atmosfera xrlatlarning ta’siri organizmga xavf solmasligikerak. Ishlab chiqarish uskunalari yong’in va portlashga xavfsiz bo’lishikerak. Ularning konstruksiyasida qo’llaniladigan materiallar zararli, xavfli bo’lmasligi, ularning harakatlanadigan aylanadigan qismlari xavf manbalari hisoblanadi va shu sababli ular xavfsiz qilib to’silgan bo’lishikerak.
    Uskunalarni avariya sodir bo’lganda o’chirishi lozim bo’lgan knopkalari, dastalari ularning ko’rinadigan va qulay joyida joylashtirilishikerak. Bu talabni bajarish ular qizil ranglarga bo’yab qo’yilganda yanada osonlashadi.


    2. Mehnat xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar
    Ishlab chiqarish bunday muammolarni oldini olish, jarohatlanishga qarshi kurashni, baxtsiz hodisalarni oldini oluvchi zamonaviy vositalardan keng foydalanmasdan turib hal qilib bo’lmaydi.
    Insonni xavfli ishlab chiqarish omillardan himoyalash usuli: aktiv va passiv bo’ladi.
    Aktiv himoya xavfli omil hosil bo’lishini yo’qotishga yoki uning xavflilik darajasini kamaytirishga yo’naltiradi. Passiv himoya xavfli omillarning insonga ta’sirini oldini oluvchi kompleks tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bunga insonni xavfli zonadan chiqarish yoki insonni xavfli zonada bo’lmasligi uchun sharoit yaratish bilan yerishiladi. Passiv himoyalash ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish uskuna va jihozlarni konstruksiyalarini yaxshilash orqali ta’minlanadi. Agar qayd qilingan tadbirlar bilan ishlovchilarning xavfsizligi to’laligicha ta’min etilmasa, individual himoya vositalarini (kaskalar, ko’z oynaklar, respiratorlar va boshqalar) qo’llanilishini taqoza etadi.
    Himoya vositalarini ish jarayoniga shunday jihozlashkerakki, aksincha holatda himoya vositalari bilan ish jarayonini bajarish mumkin bo’lmasin. Himoyalovchi qurilma xavf paydo bo’lishi bilan ishga tushishi va xavfli yoki zararli omilining ta’siri to’xtamaguncha o’zini ishchi holatini to’xtatmasligikerak. Himoyalovchi qurilmalarning konstruksiyasi shunday bo’lishikerakki, uning biror alohida elementining ishlamasligi, boshqa himoya vositalarining ishini to’xtamasligi va qo’shimcha xavf tug’dirmasligikerak.
    Himoya vositalari unga texnik xizmat ko’rsatish va nazorat qilish uchun qulay bo’lishikerak. Zarur hollarda himoya vositalari ishini nazorat qilish uchun ular avtomatik qurilmalar bilan ta’minlanishi mumkin. Zamonaviy mexanizmlardan qurilmalarda hamda texnologik liniyalarda ishlarni xavfsizligi to’siq, xavfdan saqlovchi qurilmalari va signal, masofadan boshqarish sistemasi, individual himoya vositalardan foydalanish va himoyalovchi vositalar sozligini muntazam nazorat qilishini ta’minlanadi.



    Download 377.1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 377.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish uskunalarga umumiy xavfsizlik talablari

    Download 377.1 Kb.