• Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni
  • O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash




    Download 29,37 Kb.
    bet5/10
    Sana17.02.2024
    Hajmi29,37 Kb.
    #158088
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘q-fayllar.org
    UDIOZNnJ9bfU6kkW6QoXSJLd1dHtEYM, Практическая работа 2, Calendar plan-Matematika o‘qitish metodikasi (7), migratsiya-sohasini-samarali-boshqarishda-xalqaro-tashkilotlarning-tutgan-o-rni, Foydalanilgan adabiyotlar, lola opa muazzam , Biologik ketma –ketliklarni ma’lumot bazalari bo’yicha ko’plik, Psixologiya” fаkulteti “yoshlar psixologiyasi ” yoʻnаlishi 320-2-fayllar.org, ta-lim-jarayonida-ko-rgazmali-va-tarqatmali-materiallardan-foydalanish, Aqliy rivojlanishda nuqsoni bor bolalar tasnifi, Koʻr bolalarni oʻqitish jarayoni, maktabgacha-ta-lim-muassasalarida-bolalarni-musiqiy-tarbiyalash-va-ta-lim-berish, ABDULLA QODIRIYNING HIKOYALARI PUBLISTIK MAQOLALARI, DUKAKLI DON EKINLARINING ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH USULARI, ko\'r bolalarni o\'qitish jarayonlari
    O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash. Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limida keng ma’nodagi mehnatning ilmiy asoslari haqida emas, mehnat ta’limning elementlari to‘g‘risida gap boradi. Bu o‘quvchilarda mehnatning yutuqlariga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga yordam beradi. Politexnik bilimga ega bo‘lish qo‘yilgan mehnat vazifalarini bajarishda yordam beradi. Shuningdek, bu bilim kerakli amaliy ish bosqichlarini qanday va qaysi izchillikda amalga oshirish, qanday asboblarni qo‘llash va uning sabablarini anglashga ko‘maklashadi.
    O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash mehnat ta’limining muhim omillaridan biridir. U o‘zaro bog‘langan bir nechta elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera olish, yo‘l qo‘yilgan xatoni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘irlay olish kabilardan tarkib topadi.
    Mehnatga amaliy tayyorlashni faqat kerakli bilimlar bazasida amalga oshirish mumkin. U boshlang‘ich sinflarda boshlang‘ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Mehnat ta’limining mazmuniga muvofiq o‘quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo‘lgan materiallarga ishlov berish, qo‘llaniladigan oddiy asbob va moslamalardan foydalanish malaka va ko‘nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob va moslamalar maxsus asbob va moslamalarning bosh asosi hisoblanadi.
    Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o‘quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo‘lida shijoat, qat’iyat ko‘rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
    Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni
    Mehnat ta’limi dasturida o‘quvchilar mehnat darslarida egallashi lozim bo‘lgan ilmiy-texnik bilimlarining, mehnat malaka va ko‘nikmalari hajmi hamda mazmuni belgilab boriladi.
    Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga mehnat ta’limini berish, ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Mehnat ta’limi dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin.
    O‘quvchilarni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta o‘ringa ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
    Mehnat ta’limi dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim berishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga ma’lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang‘ich politexnik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash, ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish qoidalari haqida ma’lumot berib boriladi.
    O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga imkon beruvchi zamindir.
    Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish amaliy mashg‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish turlari xilma-xildir, biroq mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib, ishlov berish, qismlarni yеlimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar tug‘diradi.
    O‘quvchilardagi mehnatga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
    Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yinchoqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash, naqshlar chizib va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari o‘quvchilarda mehnatga qiziqishni uyg‘otish, mehnat darslarida hosil qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

    Download 29,37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 29,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarni mehnatga amaliy tayyorlash

    Download 29,37 Kb.