|
Kichik sinf o'quvchilarini qo'l mehnatiga o'rgatishning asosiy maqsadi
|
bet | 2/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 29,37 Kb. | | #158088 |
Bog'liq 1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘q-fayllar.orgKichik sinf o'quvchilarini qo'l mehnatiga o'rgatishning asosiy maqsadi, boshlang'ich mehnat elementlari bosqichlarini, ya'ni bajariladigan ishlarning oddiy elementlari (qog'ozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik shakllarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar.
Undan tashqari qo'l mehnatiga o'rgatishda „Tikish va bichish", „Pazandachilik", „Plastilin bilan ishlash", „Qog'oz va karton bilan ishlash", „Applikatsiya va mozaika ishlari" turlari bilan bosqich ma-bosqich tanishib boradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida texnologiya fanini o‘qitishning maqsadi:
-o‘quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari bilan tanishtirish;
-kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirish;
-dastlabki mehnat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish;
-mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish;
-mehnat va kasblarni qadrlash, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish.
Boshlang‘ich sinf texnologiya ta’limi uchun uzviy bog‘lanishni yaratish kerak. Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar hisoblanadi.
Ta’limiy maqsad – o‘quvchilarning barkamol shaxslar bo‘lib shakllanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, qo‘l mehnatiga o‘rgatish, ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg‘unlashtirish orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat.
Tarbiyaviy maqsad – o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni rivojlantirib borishdan iborat.
Rivojlantiruvchi maqsad – texnologiya ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga yordam berishdan iborat.
Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Mehnat tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy, ruhiy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi. Texnologiya ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;
Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, shuningdek, muhabbatni uyg‘otish;
O‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;
Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;
Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
Mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo‘lish;
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
O‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o‘z mehnati samarasidan g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;
Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va hokazolar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o‘zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
Ijtimoiy mehnatning yana bir muhim tarkibiy qismi mehnat tarbiyasi sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, o‘quvchilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan iboratdir.
|
| |