|
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
|
bet | 3/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 29,37 Kb. | | #158088 |
Bog'liq 1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘q-fayllar.orgMehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich maktablarda texnologiya ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari -o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash;
-o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘l mehnatiga o‘rgatish;
-kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar berish;
- davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash;
-o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishdan;
-mehnat madaniyatini shakllantirishdan tashkil topgan.
Texnologiya ta’limi fani boshqa o‘quv fanlaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
Ushbu fanni o‘qitishda amaliy mazmun ustivorligi;
Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi;
Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi);
O‘qitishda o‘g‘il va qiz bolalar mehnatining o‘ziga xosligi.
1–4 sinflarda texnologiya ta’limi mashg‘ulotlari mazmuni va usullari o‘qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga qaratilgan. O‘quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va shu harakatdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga o‘rgatib boriladi.
1–4 sinflarda texnologiya ta’limi darsi haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. 1 sinfda 33 soat, 2–4 sinflarda 34 soatdan jami 1–4 sinflarda 135 soat o‘qitiladi.
O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
Boshlang‘ich maktabdagi texnologiya ta’limining asosiy vazifalari mehnatga axloqiy, ruhiy tayyorlash va amaliy tayyorlash, o‘quvchilarni boshlang‘ich politexnik bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
|