|
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
|
bet | 1/10 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 29,37 Kb. | | #158088 |
Bog'liq 1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘q-fayllar.org
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
1-mavzu: Texnologiya va uni o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari
REJA:
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
2. O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
3. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limining mazmuni
Tayanch so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, texnologiya, tarbiya, faoliyat, jarayon, dars, bilim, ko`nikma, malaka.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar asosida umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni keskin ortib borishi, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlanishi hamda tadbirkorlik faoliyatini keng joriy qilishda o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi, ta‘lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etilayotganligini inobatga olgan holda umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida o‘qitiladigan - Mehnat ta‘limi fani nomi “Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi hamda bugungi kun talablaridan kelib chiqib ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda ishlab chiqildi.
Texnologiya ta’limi bo‘yicha DTS da umumiy o‘rta ta’lim maktablarida texnologiya va kasb tanlashga yo‘naltirishning tayanch mazmuni hamda maktabni bitirgan o‘quvchilarning texnologiya ta’limi fanidan tayyorgarlik darajasini me’yorlari ifodalanadi.
“Texnologiya” tushunchasi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlab moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlashga texnologik yondashish zaruriyatining vujudga kelishi munosabati bilan fanga kirib keldi va yunoncha “Texnik” – mahorat, san’at hamda “Logos” – fan ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ta’lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o’qish va o’qitishning o’zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularning ketma-ketligi va bosqichma-bosqichligini ta’minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amallarni talab darajasida bajarishni anglatadi.
Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarni egallashlariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatida ko‘nikishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv fanidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari O‘quvchilarni mehnatga axloqiy, ruhiy, amaliy tayyorlash
|