Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti




Download 160.08 Kb.
bet63/70
Sana03.02.2022
Hajmi160.08 Kb.
#17028
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari
buuk 5, 1-Amaliy mashgulot (1), 3-ma\'ruza -1, AT sillabus 2022 2023 oxirgi, Samarqandning turistik imkoniyatlari Фан дастури, Academic-Data-312201105102, Lecture - 9, Lecture - 9 (1), 000000, corel-draw-dasturi-haqida-umumiy-tushuncha, 5-topshiriq, adabiyotlar, 9, 2905 1 маъруза тех геом
103. Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti - Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash tizimining asosiy elementlaridan biri bu – antivirus dasturiy ta’minotidir.
Kundan-kunga ko’plab tashkilotlar ichki standart sifatida elektron pochtadan foydalanish va Internetda ishlashni o’zlashtirmoqdalar.
Bundan kelib chiqadiki, korporativ (mahalliy) tarmoqqa virus tushishidan himoyalanish uchun javobgarlikning asosiy qismi axborot texnologiyalari bo’limi mutaxassislariga tushadi.
Keyingi yillarda kompyuter viruslarining faolligi ham ortib bormoqda. Turli bahslarga sabab bo’lgan Microsoft Office paketidagi Visual Basic tilidan (Microsoft Outlook pochta mijozi bilan ishlash uchun) foydalanuvchi Melissa virusini esga olaylik. U tashkilotlarga ular bu munosabatda naqadar ojiz ekanligini ko’rsatdi. Korxonaning axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis bo’lmagan xodimlari o’z antivirus omborlarini (baza) doimiy sozlsh uchun zarur bo’lgan malakaga ega emaslar.
Elektron pochtada kriptografik vositalarni qo’llovchi yoki tarmoq bo’yicha shifrlangan fayllarni uzatuvchi foydalanuvchilar antivirus himoyasini aylanib o’tadilar. U holda sizning tarmog’ingizda nafaqat elektron pochta orqali xavf mavjud bo’ladi. Agar foydalanuvchilar ActiveX kodli Web-saytga kirsalar, tarmoq jiddiy xavfga uchraydi.
Ko’plab brauzerlar ActiveX qo’llashni o’chirishni ta’minlaydilar, ammo ko’plab foydalanuvchilar buni bilmaydilar. Antivirus shlyuzlari siz va sizning tarmog’ingizni ActiveX viruslaridan himoya qiladi.
Foydalanuvchilar mashinalarida o’rnatilgan, lokal ishlovchi antivirus dasturiy ta’minoti hozirda ham disketlarda va boshqa olinuvchi jamlagichlarda keltirilgan viruslardan himoyalaydi. Tarmoqda ishlovchi antivirus dasturiy ta’minoti tarmoqning normal ishlashi uchun zarur.
Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti ikki shaklda taqdim etiladi: elektron pochta serveri antivirusi va antivirus-shlyuz sifatida.
Server antivirusi elektron pochta serverlariga yuklanadi va pochta jo’natmasini virus mavjudligiga tekshiradi (skanerlaydi). Ko’plab bunday mahsulotlar xat oluvchiga yoki jo’natuvchiga virus bilan zararlanganlik haqida ma’lum bir xabar jo’natish imkoniyatiga ega, hamda mavzu bo’yicha axborot to’planmasini yoki xat tanasini filtrlashi mumkin. Ko’plab server antiviruslari jamoaviy ishlash tizimlari: Lotus Notes, Microsoft Exchange, Novell GroupWise kabilar uchun mo’ljallangan. Masalan, Network Associates firmasining McAfee Group Shield dasturi Microsoft Exchange serveri bilan ishga tushuriladi va nafaqat elektron pochtani, balki mos sozlashlarda foydalanuvchi papkalarini ham skanerlash (tekshirish) imkoniyatiga ega.

Download 160.08 Kb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Download 160.08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq antivirus dasturiy ta’minoti

Download 160.08 Kb.