• 19. Turar-joy dahalarida harakatlanish.
  • 20. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish.
  • 21. Belgilangan yonalishdagi transport vositalarining imtiyozlari.
  • 22. Tashqi yoritish asboblarida foydalanish.
  • Avtomagistrallarda harakatlanish




    Download 205,4 Kb.
    bet7/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi205,4 Kb.
    #5392
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27

    18. Avtomagistrallarda harakatlanish.


    18.1

    Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:
    piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar mashinalar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi;
    ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo'laklardan boshqa bo'laklarda harakatlanishi;
    5.15 yoki 6.11 belgilar bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash,
    ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;
    orqaga harakatlanish;
    transport vositasini o'rganish uchun boshqarish.

    18.2

    Qatnov qismida majburiy to'xtaganda haydovchi transport vositasini Qoidalarning 9-bobi talablariga muvofik belgilashi va bunday holatlar uchun mo'ljallangan bo'lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o'ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko'rishi kerak.

    19. Turar-joy dahalarida harakatlanish.


    19.1

    Turar-joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishiga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz halaqit bermasliklari kerak.

    19.2

    Turar-joy dahalarida:
    mexanik transport vositasini boshqarishni o'rgatish;
    yurgizgichi ishlab turgan holda to'xtab turish;
    ruxsat etilgan to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, belgi yoki chiziqlar bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi taqiqlanadi.

    19.3

    Turar-joy dahalarida haydovchilar piyodalar havfsizligini, shuningdek, ushbu hududdagi inshoot, qurilma va o'simliklarning shikastlanmasligini ta'minlashlari zarur.

    19.4

    Turar-joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

    19.5

    Ushbu bo'limdagi talablar hovlili hududlarga ham tegishlidir.

    20. Tik nishablik va balandliklarda harakatlanish.


    20.1

    1.13 va 1.14 belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda yo'lda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasi haydovchisi yo'l berishi kerak.

    20.2

    Tik nishablikda, dovonda va 1.13 belgisi o'rnatilgan yo'lda to'xtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari o'z harakatini to'xtatish uchun 5.40 belgisi bilan belgilangan falokatli holatlar uchun yo'lga kirishlari shart.

    20.3

    Yo'lning 1.13 "Tik nishablik" yo'l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma yoki tishlashish mexanizmini ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.

    21. Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining imtiyozlari.


    21.1

    Tramvay yo'li chorrahadan boshqa joylarda yo'l qatnov qismini kesib o'tadigan bo'lsa, tramvyj rel'ssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bo'ladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).

    21.2

    Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1-5.10.3 belgilari bilan ajratilgan bo'lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi.
    Agar bu bo'lak yo'l qatnov qismining boshqa joyidan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu bo'lakka qayta tizilishlari kerak.
    Shuningdek, bunday joylarda belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining harakatiga halaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

    21.3

    Aholi yashaydigan joylarda bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga haydovchilar yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari ularga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

    22. Tashqi yoritish asboblarida foydalanish.


    22.1

    Qorong'i vaqtda va etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda, shuningdek, tonnellarda harakatlanayotgan barcha transport vositalari:
    yo'lning yoritilmagan qismida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi faralarini;
    yo'lning yoritilgan qismida yaqinni yorituvchi faralarini;
    yo'lning yoritilganligidan qat'i nazar, tirkamalarning gabarit chiroqlarini yokishi kerak.

    22.2

    Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi fara yaqinni yorituvchi fara bilan almashtirilishi kerak:
    aholi yashaydigan joylarda yo'l yoritilgan bo'lsa;
    qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga 150 metrdan kamroq masofa qolganda, shuningdek, haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti-vaqti bilan o'chirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'prok masofada;
    qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi haydovchilarning ko'zini qamashtirishi mumkin bo'lgan boshqa barcha hollarda.
    Ko'zi qamashgan haydovchi falokat yorug'lik ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.

    22.3

    Qorong'i vaqtda yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek, etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.
    Etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qo'shimcha qilib yaqinni yorituvchi faralar, tumanga qarshi faralar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.

    22.4

    Quyidagi hollarda tumanga qarshi faralarni qo'llash mumkin:
    etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi faralar bilan;
    qoidalarning 22.5 bandida ko'zda tutilgan hollarda yaqinni yorituvchi fara o'rnida.

    22.5

    Kunning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi faralar yoqilishi kerak:
    transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi safida harakatlanayotganda;
    umumiy harakat oqimiga qarshi yo'nalishda maxsus ajratilgan bo'lakda harakatlanayotgan belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarida;
    avtobus va yuk avtomobillarida bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
    havfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda;
    mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida).

    22.6

    Fara-prozhektor va izlovchi faralardan faqat aholi yashaidigan joylardan tashqarida qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari bo'lmaganda foydalanish mumkin.
    Aholi yashaidigan joylarda esa bunday faralardan faqat xizmat vazifalarini bajarayotgan tezkor va maxsus xizmat transport vositalarining haydovchilariga foydalanishga ruxsat etiladi.

    22.7

    Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat etarlicha ko'rinmaydigan sharoitda qo'llash mumkin. Orqadagi to'xtash chiroqlari (stop-signal)ga tumanga qarshi orqa chiroqlarni ulash taqiqlanadi.

    22.8

    "Avtopoezd" taniqliq belgisi avtopoezd harakatlanayotganda, kunning qorong'i vaqtida esa yo'lda to'xtash va to'xtab turish paytida ham yoqib qo'yilishi kerak.

    22.9

    Zarg'aldok yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yo'lda qurilish, ta'mirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shuningdek, og'ir vaznli, katta o'lchamli yoki havfli yuklarni tashish qoidalarida ko'zda tutilgan hollarda ularni tashiyotgan transport vositalarida yokilishi kerak.

    Download 205,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




    Download 205,4 Kb.