1. Umumiy qoidalar




Download 205,4 Kb.
bet4/27
Sana26.12.2019
Hajmi205,4 Kb.
#5392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

12. Harakatlanish tezligi.


12.1

Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning hususiyati hamda holatini, yo'l va ob-havo sharoitini, shuningdek, harakatlanish yo'nalishidagi ko'rinishni hisobga olgan holda transport vositasini belgilangan cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishi kerak.
Transport vositasining tezligi haydovchiga Qoidalar talablarini bajarish uchun uning harakatini doimo nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.
Harakatlanishda, haydovchi aniqlay olishi imkoniyatida bo'lgan havf yoki to'siq paydo bo'lsa, u transport vositasining tezligini to'la to'xtashini ta'minlaydigan darajada kamaytirish yoki to'siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun havfsiz aylanib o'tish choralarini ko'rishi kerak.

12.2

Aholi yashaydigan joylarda transport vositalari tezligini soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

12.3

Aholi yashaydigan joylardan tashqarida:
engil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;
shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikro-avtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;
boshqa avtobuslar, tirkamali engil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;
tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

12.4

Har qanday yo'llarda:
odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;
mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;
havfli, og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DAN bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

12.5

Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:
tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;
tezlikni transport vositasiga o'rnatilgan taniqlik belgi (Tezlik cheklangan)da ko'rsatilgan qiymatidan oshirish;
zarurat bo'lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga halaqit berish;
yo'l-transport hodisasining oldini olish zarurati bo'lmaganda, keskin tormoz berish.

13. Quvib o'tish.

13.1

Haydovchi quvib o'tishni boshlashdan oldin:
o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun etarlicha masofada bo'sh ekanligiga, bu qarama-qarshi yo'nalishdagi va shu bo'lakdagi transport vositalarining harakatiga halaqit bermasligiga;
shu bo'lakda orqada kelayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga;
oldinda harakatlanayotgan transport vositasi esa quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) haqida ishora bermaganligiga;
quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga halaqit bermasdan ilgari egallagan bo'lakka qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

13.2

Rel'ssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o'tishga ruxsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o'tish o'ng tomondan amalga oshiriladi.

13.3

Quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa hatti-harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi.

13.4

Quvib o'tishni tugallagandan so'ng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo'lagiga qaytishi shart (o'ng tomondan ruxsat etilgan quvib o'tishdan tashqari).
Biroq ushbu yo'nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo'lak bo'lsa, quvib o'tayotgan haydovchi o'zi egallagan bo'lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o'tishni boshlashga to'g'ri keladigan hollarda orqada o'zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga halaqit bermasa, chap bo'lakda harakatlanishni davom ettirishi mumkin.

13.5

Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish bo'lagiga chiqib;
tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy bo'lib hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib o'tish, kajavasiz ikki g'ildirakli transport vositalarini quvib o'tish va ruxsat etilgan hollarda o'ng tomondan quvib o'tish bundam mustasno);
piyodalar o'tish joylarida piyodalar bo'lganda;
temir y'ol kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini;
tepalikka ko'tarilishning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan boshqa joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo'nalishiga chiqib.

13.6

Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib o'tish qiyin bo'lgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning o'ng tomoniga olishi, zarur bo'lganda esa orqasida to'planib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak.

Download 205,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 205,4 Kb.