• 17. Temir yol kesishmalari orqali harakatlanish.
  • Tartibga solinmagan chorrahalar




    Download 205,4 Kb.
    bet6/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi205,4 Kb.
    #5392
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

    Tartibga solinmagan chorrahalar.


    15.9

    Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, asosiy yo'ldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak.

    15.10

    Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada rel'ssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
    Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay rel'ssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega buladi.

    15.11

    Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak.
    Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari lozim.

    15.12

    Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel'ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

    15.13

    Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa (qoronri vaqt, loy, qor, va h.k.) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerak









    16. Piyodalarning o'tish joylari va belgilangan yo'nalishdagi transport vositalarining bekatlari.


    16.1

    Transport vositasining haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyida qatnov qismidan o'tayotgan piyodalarga yo'l berishi shart.

    16.2

    Agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtatsa, qo'shni bo'laklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyodalar yo'qligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

    16.3

    Tartibga solingan piyodalar o'tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodalarga qatnov qismini shu yo'nalishda kesib o'tishni tugallashga imkon berishlari kerak.

    16.4

    Agarda, piyodalar o'tish joylaridan keyin paydo bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o'tish joyida to'xtashga majbur bo'ladigan bo'lsa, bunday piyodalar o'tish joylariga kirish taqiqlanadi.

    16.5

    Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyodalarni o'tkazib yuborishi kerak.

    16.6

    Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda to'xtagan belgilangan yo'nalishdagi transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyodalarga yo'l berishi kerak..

    16.7

    "Bolalar guruhini tashish" taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositasi to'xtab turganda, unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur bo'lsa to'xtashi va bolalar guruhini o'tkazib yuborishi kerak.

    17. Temir yo'l kesishmalari orqali harakatlanish.


    17.1

    Transport vositalarining haydovchilari temir yo'llarni faqat temir yo'l kesishmalari orqali poezd (lokomotiv, drezina)larga yo'l berib kesib o'tishlari mumkin.

    17.2

    Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.

    17.3

    Temir yo'l kesishmasiga kirish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
    svetofor ishorasidan qat'i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda;
    shlagbaumning bor-yo'qligidan, uning holatidan qat'i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;
    kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani boshidan ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa);
    kesishmadan keyin hosil bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to'xtashga majbur bo'ladigan hollarda;
    agar ko'rinish chegarasidagi masofada kesishmaga poezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan bulsa.
    Bundan tashqari:
    kesishma oldida turgan transport vositalarining qarama-qarshi harakatlanish bo'lagiga chiqib aylanib o'tish;
    shlagbaumni o'zboshimchalik bilan ochish;
    kesishma orqali zanjirli qishlok ho'jaligi, yo'l qurilishi va boshqa mashina va mexanizmlarning yurib o'tishi (mexanik transport vositalariga yuklab olib utish ruxsat etiladi);
    temir yo'l distantsiyasi boshlig'ining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarini olib o'tish taqiqlanadi.

    17.4

    Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumgacha kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.

    17.5

    Temir yo'l kesishmasida majburan to'xtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani bo'shatish choralarini ko'rishi kerak.
    Agarda kesishmani bo'shatishni iloji bo'lmasa haydovchi:
    imkoniyati bo'lganda yaqinlashib kelayotgan poezd mashinistiga to'xtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yo'l yoqasi bo'ylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi bo'lsa uni yo'l yaxshi ko'rinmaydigan tomonga) yuborishi;
    transport vositasining yonida qolishi va umumiy xatar borligi ishorasini berishi;
    poezd ko'ringanda to'xhtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.




    Eslatma: To'xtash ishorasi qo'lni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq ko'rinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash'ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.
    Umumiy xatar ishorasi bitta uzun va uchta qisqa tovush ishorasi orqali beriladi.

    Download 205,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 205,4 Kb.