• "Yuqori tezlik cheklangan"
  • Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, ularga raqam va taniqlik belgilarini o'rnatish bo'yicha vazifalari




    Download 205,4 Kb.
    bet10/27
    Sana26.12.2019
    Hajmi205,4 Kb.
    #5392
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27

    28. Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, ularga raqam va taniqlik belgilarini o'rnatish bo'yicha vazifalari.


    28.1

    Mexanik transport vositalari va tirkamalari, ularning texnik holatidan qat'i nazar, xarid qilingan yoki bojxonada rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida DANda ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.

    28.2

    Mexanik transport vositalari (tramvay, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning ko'zda tutilgan joylarida tegishli namunadagi raqam belgilari o'rnatilgan bo'lishi shart. Avtomobilda esa old peshoynaning o'ng tomonidagi yuqori burchagiga davlat texnik ko'rigidan o'tganligi haqidagi talon ham o'rnatilishi kerak.
    Yuk avtomobillari, tirkamalar (engil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning raqam belgisi va harfi yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 mm, raqamlar kengligi 120 mm, chiziqning yo'g'onligi 30 mm, harflar balandligi esa raqam o'lchamlarining 2/3 qismiga teng bo'lishi lozim.
    Tramvay va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan ro'yxatga olingan raqamlar yoziladi.

    28.3

    Transport vositalariga quyidagi ko'rinishda bo'lgan taniqlik belgilari o'rnatilishi kerak:
    Avtopoezd - yuk avtomobillari va g'ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama bo'lganda, shuningdek, tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi o'rtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda ko'ndalang joylashgan uchta zarg'aldok rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr bo'lgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
    Turumlangan (tishli, shipli) - turumlangan shinali mexanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi;
    Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.
    Bolalar guruhini tashish - avtobus yoki maxsus jihozlangan yuk avtomobillarida bolalar tashilganda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yo'l belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi to'rtburchak ko'rinishidagi belgi;
    to'rtburchakning tomonlari 250-300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi to'rtburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.
    Kar haydovchi - kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr bo'lgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etgan sariq rangli doira shaklidagi belgi;
    Boshqarishni o'rgatish transport vositasi - boshqarishni o'rgatishda foydalanadigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga qora rangda "O" harfi tushirilgan, transport vositasining turiga qarab tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha bo'lgan, qizil hoshiyali oq rangli uchburchak shaklidagi belgi;
    Tezlik cheklangan - juda og'ir, havfli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek, transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan eng yuqori tezligi Qoidalarning 12.2, 12.3 va 12.4 bandlarida belgilangan tezlikdan past bo'lgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 - "Yuqori tezlik cheklangan" yo'l belgisining kichraytirilgan rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi;
    Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.
    Xavfli yuk - xavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatilgan ulchami 690x300 millimetr, zarg'aldok rangli o'ng qismi 400x300 millimetr bo'lgan, chap qismi esa yukning xavfli hususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi to'rtburchak shaklidagi belgi (4-ilova);
    Katta o'lchamli yuk - ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal bo'yicha galma-gal joylashgan qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, o'lchami 400x400 millimetrli to'rtburchak shaklidagi belgi;
    Uzun o'lchamli transport vositasi - yukli yoki yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan ko'proq tirkamali avtopoezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr bo'lgan qizil hoshiyali, o'lchami 1200x200 millimetr bo'lgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli to'rtburchak shaklidagi belgi;
    ko'rsatilgan o'lchamli belgini joylashtirishning imkoniyati bo'lmasa, bir hil ikkita 600x200 millimetrli o'lchamdagi belgini transport vositasining o'qiga simmetrik ravishda o'rnatishga yo'l qo'yiladi.
    Falokat sababli to'xtash - miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.
    Haydovchilarning xohishiga ko'ra quyidagi taniqliq belgilari o'rnatilishi mumkin:
    Shifokor - shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatiladigan, tomonlari 140 millimetrdan bo'lgan ko'k rangli to'rtburchak ichida, diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi;
    Nogiron - birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatiladigan barcha tomonlari 150 millimetrdan bo'lgan va qora rangdagi 7.17 yo'l belgisining tasviri tushirilgan sariq rangli to'rtburchak shaklidagi belgi;

    28.4

    Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko'rsatadigan ogohlantiruvchi qurilma o'lchami 200x200 millimetr bo'lgan, diagonali bo'yicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug'lik qaytaradigan yuzali bayrokchalar yoki taxtachalar ko'rinishida tayyorlanishi kerak.
    Egiluvchan ulagichning har bir metriga bittadan ogohlantiruvchi qurilma o'rnatiladi.

    28.5

    Qattik ulagichli qurilmaning tuzilishi davlat standarti talablariga mos bo'lishi kerak.

    28.6

    Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
    agar avtomobillar, avtobuslar, avtopoezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, traktorlar va boshqa o'ziyurar mashinalarning texnik holati va jihozlanishi 3-ilovadagi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar ro'yxatining biron-bir talabiga javob bersa;
    trolleybus va tramvaylarda tegishli texnik foydalanish qoidalarida ko'zda tutilgan nosozliklardan birortasi bo'lsa;
    transport vositalari davlat texnika ko'rigidan o'tmagan, shuningdek, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan bo'lsa;
    transport vositalari davlat avtomobil' nazorati organlarining ruxsatisiz miltillovchi chiroq -- mayoqcha va maxsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovining yon tomoniga DAN bilan kelishmasdan qiya oq chiziq tortilgan, ko'zda tutilmagan joylarga tegishli raqam belgilari o'rnatilgan, agregat va qismlarining raqamlari yoki raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa.

    28.7

    Transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxlarga quyidagilar taqiqlanadi:
    texnik nosozligi tufayli foydalanish taqiqlangan, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilmagan yoki davlat texnika ko'rigidan o'tkazilmagan transport vositalarini yo'lga chiqarish;
    yo'l harakati havfsizligiga taxdid soladigan har qanday mastlik (alkogol', giyohvand va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi bo'lmagan, belgilangan muddatda tibbiy ko'rikdan o'tmagan, giyohvand yoki spirtli ichimliklarni surunkali istemol qiluvchi shaxs sifatida hisobda turgan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qo'yish;
    asfal't yoki tsement-beton qoplamali yo'llarga zanjirli traktor va boshqa o'ziyurar mexanizmlarni chiqarish.

    28.8

    Yo'llar, temir yo'l kesishmalari va boshqa yo'l inshootlarining holatiga javobgar bo'lgan mansabdor va boshqa shaxslar:
    yo'llar, temir yo'l kesishmalari va boshqa yo'l inshootlarini yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan holatda saqlashga;
    yo'l harakatiga halaqit beradigan har qanday tusqinlik vujudga kelsa ularni o'z vaqtida bartaraf etish, yo'lning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yo'l harakati xavfsizligiga taxdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini ko'rishga majburdirlar.

    28.9

    Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majburdirlar. Bunday joylar, shuningdek, yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yo'l belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qoronri vaqtida va etarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.
    Ta'mirlash ishlari tugallangandan so'ng yo'llarda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.

    28.10

    Amaldagi qonun hujjatlarida ko'zda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaxslar tomonidan DAN organlari bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishiladi:
    shaharlarda va avtomobil' yo'llarida harakatni tashkil etishni loyihalash, yo'llarni harakatni tashkil etuvchi texnik vositalar bilan jihozlash;
    yo'llarni, yo'l inshootlarini qurish, qayta rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlarini loyihalash;
    yo'llarga bevosita yaqinroqqa ko'rinishni cheklovchi yoki piyodalar harakatini qiyinlashtiruvchi kioskalar, transparantlar, plakatlar, reklama taxtalari va shunga o'xshashlarni o'rnatish;
    yo'nalishli transport vositalari yo'nalishlari va bekatlarining joylanishi;
    yo'llarda ommaviy, sport va boshqa tadbirlarni o'tkazish;
    transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maxsus yorug'lik va tovush ishoralarini o'rnatish, transport vositalari kuzovining yon tomoniga qiya oq chiziqlar tortish;
    mazkur Qoidalarning 26.5 bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;
    boshqarishni o'rgatish ruxsat etilgan yo'llar ro'yxati va chizmasi;
    yo'llarda transport vositalari va piyodalarning harakatiga xavf tug'diruvchi har qanday ishlarni olib borish.

    Download 205,4 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




    Download 205,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mansabdor shaxslar va fuqarolarning yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, transport vositalarini yo'lga chiqarish, ularga raqam va taniqlik belgilarini o'rnatish bo'yicha vazifalari

    Download 205,4 Kb.