|
Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа
|
bet | 55/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari3.Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа.
O’qituvchi o’z ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish uchun psixologik yo’nalishlarning xilma-xil usullarini bilish kerak. Bu, darsni fikran xayoldan o’tkazish va loyihalash, har bir o’quvchi qalbiga oson yo’l topa olish mahorati, muloqot madaniyati. O’qituvchi ijodiy kayfiyatini avvalo o’zi yaratadi, bu uning xarakter xususiyatidan, o’z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo’ladi. Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi o’qituvchining o’rganilayotgan yangi o’quv materialiga nisbatan o’z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni mustahkamlashdir, u o’qituvchi tomonidan quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbirni fikran yodga tushirish; ko’zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rangtasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish.Pedagogik mahoratning yordamchi tarkibiy qismlari: Nutq malakalari. Tushunarli ta’sirchan fikr va his-tuyg’ularni so’zda aniq ifodalash. Mimika va pantomimika. Ma’noli qarash. Hissiy psixik holat. Kayfiyat yoki istehzoli tabassum. Savodli gapirish. Aniq imo-ishora. Rag’batlantiruvchi munosabat .Ijodiy jiddiylik.
Kan-Kalikning fikricha “estetik his-tuyg’u” dan boshqa his-tuyg’u yo’q. Yuqorida keltirilgan sohalar: mehnat, sa’nat, intellektual ish va boshqalar faqat estetik his-tuyg’uni paydo qiladi. Albatta, his-tuyg’u yuqoridagi sohalarning go’zalligi, yuksakligi, ajoyibligi bilan ijobiy his-tuyg’uni yuzaga keltiradi. Agar mehnat, san’at va boshqalar arzimas, ko’rimsiz, hunuk bo’lsa salbiy his-tuyg’udan boshqa hyech nimani uyg’otmaydi. Bu his-tuyg’ular tashqarida namoyon bo’lganda qaddi-qomatimizda nafas olishimizda, ovozimizda, qo’l harakatimizda va boshqa joylarda kuchayadi. Ichkarida esa ichki sekresiya bezlarining kuchli ishlashi natijasida qonda adrenalining miqdori oshadi, yurak-qon tomirlari va boshqa a’zolarning ishi kuchayadi. O’qituvchi faqat inson fiziologiyasini bilib qolmasdan, balki o’zining his-tuyg’usini rivojlantirish bilan shug’ullanishi ham kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа
|