Muоshаrаt оdоbi. Sоf аdаbiy tildа so`zlаshishgа оdаtlаnish. Mеhmоndo`stlik qоidаlаri




Download 122,92 Kb.
bet74/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

5.Muоshаrаt оdоbi. Sоf аdаbiy tildа so`zlаshishgа оdаtlаnish. Mеhmоndo`stlik qоidаlаri.
Pedagogik vaziyatlar tez-tez o’zgarib turadigan sharoitda o’qituvchining vazifasi ro’y bergan vaziyatda tez mo’ljal olib, unga to’g’ri baho bera bilish, zarur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan to’g’ri qarorga kelishdan iboratdir. Agar o’qituvchi bolalarining xatti-harakatlarini to’g’ri idrok etib, baho bera bilsa, ularni vujudga keltirgan sabablarini chuqur ko’ra olsagina, shu bilan birga o’zida sabot, o’zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik kabi fe’l-atvor xususiyatlarini rivojlantira olsagina, yuqoridagi vazifaga erishishi mumkin. Bu pedagogik nazokatga rioya qilishning zarur shartidir. Nazokat me’yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni bildiradi. Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi va o’z o’quvchilari to’g’ri munosabatga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning psixologik asoslari deb bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar), ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlarning jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlari dialog (muloqot) tarzida bo’lishi lozimligini tushunishi muhimdir. Agar o’qituvchiga o’quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo’l-yo’riq bo’lsagina bunday muloqot ro’y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo’l-yo’riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o’zaro ishonch va do’stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do’stga ega bo’lish va u bilan muomala qilishga qat’iy ehtiyoj mavjud bo’ladi. Mahorat so’zining lug’aviy ma’nosi haqida gapiradagan bo’lsak – bu ma’lum ishni a’lo darajada bajarmoqdir. Mutaxassis - murabbiy mahorati deganda esa chuqur bilimli, talabalar ruhiyatini yaxshi biladigan, o’qituvchilikning g’ururi, yuqori darajada bo’lgan insonlar faoliyati tushuniladi. Aslida bizning kasbda mayda ish yo’q. Har bir harakatimiz katta ahamiyatga ega."
Download 122,92 Kb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muоshаrаt оdоbi. Sоf аdаbiy tildа so`zlаshishgа оdаtlаnish. Mеhmоndo`stlik qоidаlаri

Download 122,92 Kb.