|
Bаhоvuddin Vаhаd, Jаlоliddin Rumiy, Хusаyn Kоshifiy, Mu`inuddin Vоiz, Vоiz Хоrаzmiy, Zаyniddin Vоsifiylаr kimlаr, ulаr qаndаy mеhnаtlаri bilаn nоm qоzоngаnlаr?
|
bet | 66/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari1.Bаhоvuddin Vаhаd, Jаlоliddin Rumiy, Хusаyn Kоshifiy, Mu`inuddin Vоiz, Vоiz Хоrаzmiy, Zаyniddin Vоsifiylаr kimlаr, ulаr qаndаy mеhnаtlаri bilаn nоm qоzоngаnlаr?
Rumiy Jaloliddin (1207, Balx — 1273, Koʻnya) — shoir va mutafakkir. Tasavvufdagi mavlaviya tariqatining asoschisi. Arab, fors va turkiy tillarida ijod qilgan. Otasi Bahouddin Valad sufiylar va fiqh donishmandi boʻlgan. Shu bois ham sulton Muhammad Xorazmshoh (1199—1220) saroyga taklif etgan. Pekin Valad uning taklifini rad etib, maktabdorlik hamda ilmiyi-ijodiy ish bilan mashgʻul boʻlgan. Xorazmshoh bilan kelisholmagan Valad haj safari bahonasida oilasi bilan Balx shahrini tark etgan. Rumiy Makka yoʻlida Farididdin Attor bilan uchrashgan. 1220-yil Rum sultoni Alouddin Kayqubod I ning daʼvati bilan Koʻnya (Kichik Osiyo) ga kelgan. R. Halab, Damashq va Bagʻdod madrasalarida oʻqigan, mudarrislik qilgan.Koshifiy Sabzavorda tez orada ko‘zga ko‘ringan voiz - notiq bo‘lib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 1455-1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Xirotga keladi va qolgan umrini asosan Xirotda Temuriylar rahnamoligida o‘tkazadi.Ma’lumki, XV asrning ikkinchi yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Xirot Sharqning madaniyat markazi edi. Tarixchi olim Sayyid Nafisiyning aytishicha, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga qilgan safari haqida ham deyarli ma’lumot yo‘q. Husayn Voiz Koshifiyning ikki qizi va bir o‘g‘li bo‘lib, o‘g‘li Fahriddin Ali as-Safiy o‘z davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi ("Rashohoti ayn al-hayot" asari bilan mashhur) bo‘lib yetishgan. Ali as-Safiyning islom tarixiga, payg‘ambarlar hayotiga, adabiyotga, Xo‘ja Ahrorga, axloqda, kimyoga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda Xirotda vafot etadi.
2. Pеdаgоgik nаzоkаtning mоhiyati vа хususiyati.
O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi.Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Yosh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim: emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish; o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish;
o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish; o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bаhоvuddin Vаhаd, Jаlоliddin Rumiy, Хusаyn Kоshifiy, Mu`inuddin Vоiz, Vоiz Хоrаzmiy, Zаyniddin Vоsifiylаr kimlаr, ulаr qаndаy mеhnаtlаri bilаn nоm qоzоngаnlаr?
|