• 2.Pеdаgоgning o`quvchi-tаlаbаlаr o`rtаsidаgi kеlishmоvchiliklаr vа ulаrni bаrtаrаf etishning o`zigа хоs хususiyatlаri. 4 tа pеdаgоgik vаziyat оrqаli misоllаr bilаn tushuntiring.
  • O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri




    Download 122,92 Kb.
    bet69/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    5.O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri.
    24-variant


    1.Pеdаgоgning pеrtsеptiv (o`quvchi, tаlаbаlаrni tushunish) хаtоlаri.
    "O‘qituvchining xatolari. O‘quvchilar bilimini baholashda eng jiddiy xatolardan yana biri turli guruhlariga sub’ektiv yondoshishdir. Bu o‘qituvchi tomonidan ayni bir javob uchun, ayni bir ish uchun turli o‘quvchilarni baholashdagi tofovutlarda aks etadi.Tofovutlar ba’zan ikki ballgacha tushadi. Yillar o‘tishi bilan o‘qituvchidan o‘quvchilar turli guruhlariga nisbatan muayyan tasavvur va unga muvofiq holda munosabat shakllanib boradi. Bu narsa o‘zlashtirgan va o‘zlashtirmagan o‘quvchilarga munosabatda yorqin namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilar bir xil o‘quvchilarni (o‘zlashtirayotgan) doim maqtaydilar, boshqalarni (o‘zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o‘zlashtirmayotganlarga, odatdaa, o‘zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez-tez va qattiq tanbeh beradilar. Yanglish munosabat yana shunda namoyon bo‘ladiki, o‘qituvchilar yaxshi o‘zlashtiruvchilarga nisbatan yomon o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni javob berishga kam taklif etadilar. Javobni o‘ylash uchun ularga juda oz vaqt beradilar. Mana bunday vaziyatga e’tibor qiling. Doska yonida past o‘zlashtiradigan o‘quvchi javob bermoqda. Ishonchsiz o‘rinsiz javob bermoqda. Bunday holatda o‘qituvchining munosabati qanday bo‘ladi? U o‘quvchi gapini shartta bo‘lib, unga “ikki” qo‘yadi va joyiga o‘tqizadi: “Sen yana dars tayyorlamabsan”, “Sen hech odam bo‘lmaysan”, “Senga o‘rgatsa ham, o‘rgatmasa ham befoyda ekan” deb uni izza qiladi."


    2.Pеdаgоgning o`quvchi-tаlаbаlаr o`rtаsidаgi kеlishmоvchiliklаr vа ulаrni bаrtаrаf etishning o`zigа хоs хususiyatlаri. 4 tа pеdаgоgik vаziyat оrqаli misоllаr bilаn tushuntiring.
    "Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama- qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak. Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir: inqiroz;/ anglashilmovchilik; /kutilmagan hodisa; /zo‘riqish; /noqulaylik; /ichki yoki tashqi xavotir; /bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv.
    Pedagogik nizolarning asosiy turlari Ichki shaxsiy nizo. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi. Axloqiy nizo. Shaxslararo va guruhlararo nizolar.
    Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir: tezda yakun topadigan nizolar; //kuchsiz, sust kechadigan nizolar; //uzoq muddat davom etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan nizolar."

    Download 122,92 Kb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri

    Download 122,92 Kb.