|
Pеdаgоgik tехnikа vа uni shаkllаntirish uslublаri
|
bet | 71/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari4.Pеdаgоgik tехnikа vа uni shаkllаntirish uslublаri.
"Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnikaning ya'ni jamoa va shaxs bilan muloqot qilish mahorati, muloqot jarayonini nazorat qila olish, jamoani tashkil qilish, o’z kayfiyatini, ovozini va harakatlarini boshqara olish mahoratining o’rni ham muhimdir. Pedagogik texnika haqida A.S.Makarenko shunday deydi: «Chiroyli ovoz faqat kuylash yoki so’zlashish uchun emas, balki o’z fikr va his-tuyg’ularini aniq, ta'sirchan ohangda ifodalash uchun ham kerakdir. Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, pedagogik texnika bu – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining yig’indisidir. Pedagogik texnika tarkibiy qismlari 2 qismga bo’linadi:
1-guruh pedagogning o’z hulqini boshqara olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, unga o’z organizmini boshqarish (mimika, pantomimika), kayfiyat va his-tuyg’ularini boshqarish, ijtimoiy perqepqiya malakasi (yuz ifodasini o’qiy olish), nutq texnikasi (nafas olish, tovushni to’g’ri tutish, dikqiya) kabilar kiradi.
2-guruh shaxsga va jamoaga ta'sir eta olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, ular pedagogik muloqot texnikasi, talab qo’ya olish texnikasi, tartib o’rnatish texnikasi, rag’batlantirish va jazolash texnikasi kabilardan iborat.
Mimika – o’zining fikr-mulohazalarini, his-tuyg’ularini, kayfiyatini yuz muskullari harakati orqali ifodalash san'ati. Ko’pincha yuz ifodasi so’zlardan ko’ra kuchliroq ta'sir qiladi. Mimika nutq mazmuniga mos bo’lishi kerak. U orqali ishonch, tasdiqlash, nozilik, hursandchilik, befarqlik, zavqlanish, qiziqish, hafa bo’lish kabi tuyg’ularni ifodalashga yordam beradi. Mimika detallari – qosh, ko’z, yuz muskullari. Shuning uchun o’qituvchi doimo’quvchilarga qarab gapirishi kerak. O’quvchilar o’qituvchining ko’z qarashlariga qarab kayfiyatini, munosabatini aniqlaydilar. Shu sababli o’qituvchining ko’zi his-tuyg’ularni ifodalabgina qolmasdan, o’quvchilarga taalluqli bo’lmagan his-tuyg’ularni yashira olishi ham kerak. Pantomimika – fikrlarini ifodalashda qo’l, bosh va umuman gavda harakatlari, imo-ishoralardan foydalanish. Ijtimoiy perqepqiya – o’quvchilarning yuz ifodalari, ko’z qarashlaridan ular psixologiyasini, kayfiyatini aniqlash. Mutlaqo to'g’ri bo'lgan pedagogik tadbirni yoki sistemani o'rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa, hozirgi bosqich sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan qoida har doim noto'g’ri qoida bo'ladi,- deb yozgan edi L. S. Makarenko, L. M. Gorkiyga yo'llagan maktubida.Pedagogik san'at vaziyat bilan bog’liq. Bu erda har gal hamma narsa yangidan sodir bo'lganday tuyuladi.
5.Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Аli ibn Sinо, Аlishеr Nаvоiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа mulоqоt vа muоmаlа mаdаniyati, munоsаbаtgа kirishish mаhоrаti, ulаrni egаllаshgа qo`yilаdigаn tаlаblаr hаqidаgi ilg`оr fikrlаr.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadiInson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.Abu Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim bеrish o`qituvchining mas'uliyatli burchi ekanligini ta'kidlaydi. U o`qituvchining qanday bo`lish kеrakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo`l -yo`riqlar bеradi: bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish; bеrilayoggan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e'tibor bеrish; ta'limda turli mеtod va shakllardan foydalanish; talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi; bеrilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bеra olish; bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bеrilishi; har bir so`zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo`lishiga erishishi lozim. Alisher Navoiy nutqning aniq va to‘g‘ri, ta’sirli va jozibali bo‘lishini targ‘ib qiladi. Bunday nutqqa erishish uchun so‘z ma’nosiga alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to‘xtalib, u xalqni o‘z nutqiga qarata oladigan, o‘z ortidan ergashtira oladigan donishmand kishi bo‘lishi kerakki, qalbida ma’naviy, ruhiy bo‘shliq bo‘lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq olib, ko‘ngli ko‘tarilsin, deydi.
|
| |