• 2.“Pеdаgоgik mаhоrаt” fаnining ilmiy-nаzаriy vа аmаliy аsоslаri.
  • 1-variant Pеdаgоgik mаhоrаt hаqidа tushunchа, uning mаqsаdi, prеdmеti vа vаzifаlаri




    Download 122,92 Kb.
    bet1/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari





    1-variant


    1.Pеdаgоgik mаhоrаt hаqidа tushunchа, uning mаqsаdi, prеdmеti vа vаzifаlаri.
    Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir.Shunday ekan, “Pedagogik mahorat” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
    - ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish;
    - ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash;
    - bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini rivojlantirishda milliy urf–odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
    - ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida o‘qituvchilardan talab qiladigan darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash uchun normativ hujjatlar, o‘quv–uslubiy adabiyotlar, moddiy–texnika va axborot bazasi bilan boyitib borish;
    - bo‘lajak o‘qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, bilimi, madaniy va ma’naviy–axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob beradigan darajada oshirib borish;
    - bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga o‘rgatish.
    2.“Pеdаgоgik mаhоrаt” fаnining ilmiy-nаzаriy vа аmаliy аsоslаri.
    Pedagogik mahorat – pedagogik kategoriya sifatida. Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‘lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko (1889-1939) nomi bilan bevosita bogliq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, ya’ni faqat tarbiyasini emas, ma’naviy qiyofasini ham yo‘qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo‘ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‘lganligining o‘zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‘qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. YUNESKO qarori bilan uning 100 yilligiga 1988 yil - «Makarenko yili» deb e’lon qilindi. Buyuk pedagogning bu fikriga Ukraina pedagogika instituti olimlari katta mas’uliyat bilan qarashdi. Ular bir necha yillar davomida Makarenko pedagogik mahorati maktabini, mavjud bo‘lgan ilgor nazariya va amaliyotni atroflicha tahlil qilishdi. Natijada 1979 yili «Pedagogik mahorat asoslari» fani yaratildi va u barcha pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitila boshlandi. Bu fanning tuzilish printsipining o‘ziga xosligi shundaki, u pedagogda shaxs va jamoaga ta’sir eta olishni ta’minlaydigan va turli fanlarga bog`liq bo‘lgan bilimlarni tanlab, ularni o‘zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ham fan dasturiga pedagogik mahorat mohiyati, o‘quvchiga ta’sir etish vositalari va usullari kabi pedagogik mahoratning odatdagi masalalaridan tashqari, teatr pedagogikasi va notiqlik san’ati haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Bu fanni o‘rganish pedagogika, psixologiya, metodika va boshqa pedagogik fanlardan egallangan bilimlarga asoslanadi.
    3.Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Аli ibn Sinо, Аlishеr Nаvоiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа mulоqоt vа muоmаlа mаdаniyati, munоsаbаtgа kirishish mаhоrаti, ulаrni egаllаshgа qo`yilаdigаn tаlаblаr hаqidаgi ilg`оr fikrlаr.
    Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, inson nutqi o‘z tuzilishi, materialiga ko‘ra rostni ham, yolg‘onni ham ifodalashi mumkin. Bu ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Inson bu bahs-munozaralar jarayonida rostni yolg‘ondan ajratadigan «mezon»ni yaratadiInson nutqida shubhali o‘rinlar sezilsa, ma’lum «mezon» yordamida ular tuzatiladi. Shu bois Beruniy yaxshi nutq matnini tuzish va mazmunli nutq so‘zlash uchun grammatika, aruz va mantiq ilmini chuqur bilish lozimligini uqtiradi.Abu Ibn Sino (980-1037) talabaga bilim bеrish o`qituvchining mas'uliyatli burchi ekanligini ta'kidlaydi. U o`qituvchining qanday bo`lish kеrakligi haqida fikr yuritar ekan, ularga shunday yo`l -yo`riqlar bеradi:
    bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`lish;
    bеrilayoggan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e'tibor bеrish;
    ta'limda turli mеtod va shakllardan foydalanish;
    talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarni bilishi;
    bеrilayotgan bilimlarning eng muhimini ajrata bеra olish;
    bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bеrilishi;
    har bir so`zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo`lishiga erishishi lozim.
    Alisher Navoiy nutqning aniq va to‘g‘ri, ta’sirli va jozibali bo‘lishini targ‘ib qiladi. Bunday nutqqa erishish uchun so‘z ma’nosiga alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to‘xtalib, u xalqni o‘z nutqiga qarata oladigan, o‘z ortidan ergashtira oladigan donishmand kishi bo‘lishi kerakki, qalbida ma’naviy, ruhiy bo‘shliq bo‘lgan har qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq olib, ko‘ngli ko‘tarilsin, deydi.

    Download 122,92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-variant Pеdаgоgik mаhоrаt hаqidа tushunchа, uning mаqsаdi, prеdmеti vа vаzifаlаri

    Download 122,92 Kb.