Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа tаrbiyagа оid ilg`оr fikrlаri




Download 122,92 Kb.
bet5/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

4.Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа tаrbiyagа оid ilg`оr fikrlаri.
"Kaykovus 44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma” asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi, ularning o’zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-onaning mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy mustaqillikka erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir." "Taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Mashoyixlarning aytishlaricha, “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdur”. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari yangi usul maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o’qitilgan. A.Avloniyning asarini chuqur o’rganar ekanmiz, biz o’sha davrda maktablarda o’quvchilarga dars berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og’zaki ijodi, Qur’on oyatlari, hadislar shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so’zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini ko’ramiz. " "Al – Xorazmiyning ilmiy faoliyati Bag’dodda tashkil etilgan “Ma’mun akademiyasi” bilan bog’liq. Al- Xorazmiy algebra fanining asoschisi “ Al – kitob al- muxtasar fi – hisob al – jabr va al muqobala asari bilan dunyoga mashhur. Muhammad Xorazmiy matematikadan tashqari geografiya va astronomiya fanlariga munosib hissa qo’shgan buyuk olimdir. Muhammad Xorzamiyning 20 dan ortiq ilmiy asarlari mavjud bo’lib ulardan 10 tasigina bizgacha yetib kelgan holos.Al- Xorazmiyning “Kitob at – tarix ”asari bizgacha yetib kelmagan, lekin undan olingan ko’chirmalar tarixnavis olimlar Beruniy,Yoqut Rumiy,Ya’qubiy,Elias Bar Shinoyi,Hamza Isfahoni, At- Tabariy,Al- Mas’udiy kitoblarida uchraydi. Ahmad al – Farg’oniyning astrolyabiyaga oid asarida Xorazmiyga tegishli sfera geometriyasi haqidagi asarni eslatadi,ammo u hozirgacha topilmagan . Xorazmiy fanning beshdan ortiq sohasini fundamental yangiliklar bilan boyitgani sababli fan tarixidagi ilk qomusiy olim deb sanalishga haqli.Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan"

Download 122,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа tаrbiyagа оid ilg`оr fikrlаri

Download 122,92 Kb.