Pеdаgоgik аmаliyot dаvridа o`qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri




Download 122,92 Kb.
bet4/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

3.Pеdаgоgik аmаliyot dаvridа o`qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri.
Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida mudarrislar kasbining nozik­ligini, mas’uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini, yoritib, muallimning mahorati, ularga qo‘yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish maho­rati, muomalasi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirganlar. Uyg‘onish davrining etuk namoyondalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak murabbiylarga muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Forobiy o‘zining didaktik qarashlarida ustoz, o‘qituvchining mas’uliyatini alohida ifodalaydi. “Ustoz, - deydi u,- shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchaklik ham qilmasligi lozim”. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordi-yu ustoz juda yumshoq bo‘lsa, shogird uni mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Beruniy mamlakatning obodonligi ilm–fanning ravnaqi tufayli deb aytadi, yoshlarning baxt–saodati va kamoloti esa ularga bilim va ma’ri­fat beruvchi mudarrislarga bog‘liq deb ta’kidlaydi. Ilm va ma’rifat sari intiluvchi tolib va mudarrislarga deydiki: “Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbing kishini ozdiruvchi illatlardan, odamni ko‘r qilib qo‘ya­digan nafs va turli buzg‘unchi holatlardan, qotib qolgan turli eski urf–odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikni quli bo‘lishdan ozod bo‘lmog‘i darkor”. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga etishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Sharqda «Shayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma - Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o‘tadi:
- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
- ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
- aqliy darajasiga mos ravishda ta’lim berish;
- har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg`otishi darajasida bo‘lishiga erishish zarur."

Download 122,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pеdаgоgik аmаliyot dаvridа o`qituvchi mаhоrаti mаsаlаlаri

Download 122,92 Kb.