• 5.Yunоn vа Rim fаylаsuflаri Suqrоt, Plutоn (Аflоtun), Dеmоsfеn, Аristоtеl (Аrаstu) TSitsеrоn vа Kvintiliаnlаrning аsаrlаridа pеdаgоglаr hаmdа ulаrning nоtiqlik sаn`аti to`g`risidаgi g`оyalаri.
  • Pеdаgоgik qоbiliyatning аsоsiy turlаri vа psiхоlоgik-pеdаgоgik tаvsnifi




    Download 122,92 Kb.
    bet8/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    4.Pеdаgоgik qоbiliyatning аsоsiy turlаri vа psiхоlоgik-pеdаgоgik tаvsnifi.
    "Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o’quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqsh uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota biladigan qobiliyatlardir."
    "Akademik qobiliyatlar – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.
    Qobiliyatli o’qituvchi o’z fanini faqat kurs hajmidagi emas balki atroflicha keng, chuo’ur bilib, bu soxada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o’quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga kata qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo’lsada tadqiqot ishlarini olib boradi."
    "Perseptiv qobiliyatlar – bu o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o’quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog’liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir."
    "Nutq qobiliyati – kishining o’z to’yg’u-xislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o’qituvchilik kasbiga muxim qobiliyatlardandir. Chunki o’qituvchidan o’quvchilarga axborot asosan ikkinchi signal tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda tutiladi."
    "Tashkilotchilik qobiliyati – bu birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunday jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o’zining shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir."
    "Avtoritar qobiliyati – bu o’quvchilarga bevosita emosional-irodaviy ta’sir etib, ularda obru orttira bilishdan iborat qobiliyatlardir.
    Avtoritar qobiliyat o’qituvchining rostguyligi, irodaviy uddaburonligi, o’zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etishi, uning e’tiqodi, o’quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonch kabi xislatlariga ham bog’liqdir."
    "Kommunikativlik qobiliyati – bu bolalar bilan muloqotda bo’lishga, o’quvchilarga yoshdoshish uchun to’g’ri yo’l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa bog’lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir."
    "Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – bu qobiliyat bir vaqtning o’zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo’lib, o’qituvchi ishida g’oyat muxim axamiyatga egadir."
    5.Yunоn vа Rim fаylаsuflаri Suqrоt, Plutоn (Аflоtun), Dеmоsfеn, Аristоtеl (Аrаstu) TSitsеrоn vа Kvintiliаnlаrning аsаrlаridа pеdаgоglаr hаmdа ulаrning nоtiqlik sаn`аti to`g`risidаgi g`оyalаri.
    Notiqlik san’ati tarixi haqida so‘z yuritganda qadimgi Yunon notiqligi,tarixi haqida bir qator ma’lumotlarning mavjudligini aytish mumkin.Gomer dostonlari ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan avvalgi shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi mashhur notiqlar bo‘lgan. Notiqlikka doir ilk asarlardan biri bu Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur "Poetika" nomli asaridan so‘ng, ya’ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so‘nggi marta qaytib kelganda yozgan edi.Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrini ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez etishiga muhim omil bo‘lishini alohida uqtiradi. Demosfen notiqlik bilan shug‘ullanishdan avval o‘z ustozi yo‘lidan borib, boshqalarga sudda so‘zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Demosfen o‘z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto‘g‘ri talaffuz etayotgan so‘zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og‘ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. Sitseron o‘z - zamonasining ko‘pchilik so‘z ustalari singari, o‘z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo‘lishiga katta e’tibor beradi. Sitseronning fikricha, notiq shunchaki, sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan xalq qayg‘usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo‘lmog‘i kerak. Sitseron notiqlikka doir "Brüt" va "Notiq" nomli asarlar yarati.

    Download 122,92 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pеdаgоgik qоbiliyatning аsоsiy turlаri vа psiхоlоgik-pеdаgоgik tаvsnifi

    Download 122,92 Kb.